10:57 26 Aprel 2017
Efir
Chegarachilar

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegarasi uchastkalarida qoʻshma dala tekshiruvlari olib borildi

Pogranslujba KNB Kazaxstana
Yangiliklar
Havola olish
18201

Ilgariroq Oʻzbekiston oʻz tasarrufida boʻlgan 21 obʼyektni Qirgʻiziston yurisdiktsiyasiga topshirgani haqida xabar bergan edik

TOSHKENT, 21 apr — Sputnik. 2017-yilning 10-20-aprel kunlari Namangan shahrida Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi va Qirgʻiziston Respublikasi Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Qirgʻiziston chegarasidagi harbiy xizmatchi
© Sputnik/ Tabыldы Kadыrbekov
"Uchrashuv doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Namangan va Fargʻona viloyatlari bilan Qirgʻiziston Respublikasining Batken va Jalolobod viloyatlari tutashgan hududlardagi Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegarasining alohida uchastkalarida qoʻshma dala tekshiruvlari va topografik yer tuzish ishlari olib borildi", — deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, muzokaralar yakuni boʻyicha uchrashuv bayonoti imzolangan.

Uchrashuv anʼanaviy doʻstona va oʻzaro tushunish muhitida boʻlib oʻtgani qayd qilinmoqda.

Asosiy mavzular