14:58 23 Oktyabr 2017
Efir
Toshkentliklar Jasurbek Ibragimovning oʻlimida aybdorlarni jazolashni soʻrashmoqda

Borovskiy kolleji yopiladi

Sputnik
Yangiliklar
Havola olish
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (23)
321450

Qolgan oʻquvchilar, yaʼni 1-2 kurs talabalarining taqdiri qanday hal etilishi masalasida rasmiy hujjat tayyorlanayotgani va tez orada bu haqda batafsil maʼlumot olish mumkinligini maʼlum qilindi

TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Bugun "Feysbuk"dagi "Potrebitel" guruhi foydalanuvchilaridan biri P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji yopilayotgani toʻgʻrisida mish-mishlar borligi va bu rost yoki yolgʻonligi haqida soʻrab, post yozib qoldirdi, deb xabar qilmoqda "Darakchi" nashri.

Mazkur masalaga oydinlik kiritish maqsadida nashr Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus,kasb-hunar taʼlimi markazidagi ishonchli manbalari bilan bogʻlandi.

Maʼlum boʻlishicha, bu yil Borovskiy tibbiyot kollejida qabul amalga oshirilmaydi. Qolgan oʻquvchilar, yaʼni 1-2 kurs talabalarining taqdiri qanday hal etilishi haqidagi savolga esa ayni damda ushbu masalada rasmiy hujjat tayyorlanayotgani va tez orada bu haqda batafsil maʼlumot olish mumkinligini maʼlum qildi.

Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Oʻrta maxsus,kasb-hunar taʼlimi markaziga telefon orqali murojaat qilganida markazdagilar ushbu xabarni tasdiqlashdi.

Meditsinskiy kolledj im. Borovskogo v Tashkente
Meditsinskiy kolledj im. Borovskogo v Tashkente

Eslatib oʻtamiz, 2017 yil 3 may kuni P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-bosqich talabasi 1999 yilda tugʻilgan Ibroximov Jasurbek Maxammadjon oʻgʻli tan jarohati olib, Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik shifoxonasiga yotqizilgan va olgan tan jarohatlari natijasida 2017 yil 1 iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan.

Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, jinoyat ishi yuzasidan olib borilayotgan tergov harakatlari ayni damda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan shaxsan nazoratga olindi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Mavzu:
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (23)
Teglar:
talabaning urib oʻldirilishi, Ibragimov, Borovskiy kolleji

Asosiy mavzular