06:37 20 Oktyabr 2017
Efir
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Mirziyoyevni xijolat qilgan manzara

Press-slujba prezidenta RUz
Yangiliklar
Havola olish
310281

Shavkat Mirziyoyev diniy ulamolar bilan uchrashuvda Oʻzbekistonning oʻziga xos tarixi, madaniyati, ulugʻ olimu-ulamolarining bebaho maʼnaviy merosi hali toʻliq oʻrganilmaganini aytib, bugungi kundagi vazifa "yoshlarga Oʻzbekistonning qanday buyuk va betakror merosi borligini anglatish, ularni shu buyuk merosga munosib etib tarbiyalashdan iboratligini" qoʻshimcha qildi

TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. 2017 yil 15 iyun kuni Oʻzbekiston imom-xatiblari bilan uchrashuvda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻzini xijolat qilgan bir manzara haqida gapirdi.

"…ochiq tan olishimiz kerak, tarixiy, diniy merosimizni oʻrganish, tiklash ishlari hamma joyda ham talab darajasida emas.

Yaqinda Buxoro viloyatiga safarda boʻlganimizda, mashhur "Mir Arab" madrasasini koʻrib, toʻgʻrisi, ancha xijolat boʻldim. Necha zamonlardan buyon, xalqimizga, dinimizga xizmat qilib kelayotgan, nafaqat yurtimiz, balki musulmon dunyosida shuhrat qozongan qanchadan qancha ulamolarni kamolga yetkazgan bu muqaddas dargoh achinarli holga tushib qolgani, albatta, afsusdir", — dedi Oʻzbekiston rahbari.

Mirziyoyev, Mirzo Ulugʻbek bobomiz ham oʻz ilmlarini "bismillohir rahmonir rahimdan" boshlaganini taʼkidlagan holda, "oʻzbek xalqining eʼtiqodi, tarixi, ajdodlari, kechagi kuni, qanday buyuk tarixi borligini barchaga namoyon qilishimiz zarur", deya qoʻshimcha qildi.

Asosiy mavzular