13:45 28 Iyun 2017
Efir
Oʻzbekistonda oliy taʼlim maskaniga hujjat topshirish

Abituriyentlar shu paytgacha eng koʻp hujjat topshirgan OTMlar uchligi

Stringer
Yangiliklar
Havola olish
Abituriyent-2017: oʻzgarish va yangiliklar (23)
167021

Roʻyxatning yetakchi oʻrnini Andijon davlat universiteti egallab turibdi

TOSHKENT, 18 iyun — Sputnik. Davlat test markazi saytida oliy taʼlim muassasalariga 2017 yilgi qabul haqida maʼlumotlar jadvali paydo boʻldi.

Jadvalda OTM nomi, belgilangan kvotalar hamda shu kungacha hujjat topshirgan abituriyentlar soni va har bitta oʻrin uchun nechta abituriyent toʻgʻri kelishi koʻrsatilgan.

Shu vaqgacha roʻyxatning yetakchi oʻrnini Andijon davlat universiteti egallab turibdi.

Andijon davlat universiteti qabul komissiyasiga 419 abituriyent oʻz hujjatini topshirgan.

Ikkinchi oʻrinda Guliston davlat universiteti bormoqda — abituriyentlar soni 409 nafar.

368 nafar abituriyenti bilan Qarshi universiteti abituriyentlar eng koʻp hujjat topshirgan OTMlar uchligini yakunlagan.

Oʻzbekiston milliy universiteti, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, Milliy rassomlik va dizayn instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning Urganch filiali, Termiz davlat universiteti, Fargʻona politexnika instituti va boshqa OTMlarga esa hali birorta hujjat topshirilmagan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Mavzu:
Abituriyent-2017: oʻzgarish va yangiliklar (23)

Asosiy mavzular