06:34 20 Oktyabr 2017
Efir
Oʻzbekistonlik bolalar

Oʻzbekistonda 3-4 yoshdagi bolalarning 46 foizi oʻz otasi bilan oʻynash imkoniga egamas - YUNISEF

© Flickr/ Giorgio Montersino
Yangiliklar
Havola olish
371 0 0

Dunyoning 74ta davlatlarida bolalarning teng yarmidan koʻpi, bu esa 40 million bolakaylar degani, ota eʼtiboridan mahrumdir, deyiladi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar fondi (YUNISEF)ning yangi bayonotida

TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda 3-4 yoshdagi bolalarning 46%i oʻz otalari bilan oʻynash imkonidan mahrumdir, deb bayonot qildi YUNISEF.

Hujjatda qayd etilishicha, dunyoning 74 ta davlatida 3-4 yoshdagi bolalarning teng yarmidan koʻpi, bu esa 40 million bolakaylar demakdir, ota eʼtiboridan mahrum.

Bu davlatlarda otalar oʻz bolalari bilan kamdan-kam oʻynashadi, baʼzida esa, kichkintoylarni umuman eʼtiborsiz qoldirishadi. "Bu vaqtda esa, aynan shu yoshda ota oʻz farzandining aqliy rivojlanishida muhim rol oʻynaydi", deyiladi YUNISEF bayonotida.

BMT yangiliklar markazi xabariga koʻra, oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida, Belarusiyada kichkintoylarning 32%i, Ukrainada — 29%i, Gruziyada — 40%i, Qozogʻistonda — 49%i ota eʼtiboridan mahrumligi aniqlangan.

Bayonotda aytilishicha, aynan 3-4 yosh inqiroz davri boʻlib, bolalar bu vaqtda ham ona, ham ota mehriga tashna boʻladilar. Ularni bu vaqtda toʻgʻri ovqatlantirish, muhabbat, stress va zoʻravonlikdan himoya qilinishga muhtoj boʻlar ekan.

Shuningdek, birinchi ming kunlikda bola miyasi ulkan tempda rivojlanishi — har bir soniyada unda mingga yaqin birikmalar paydo boʻlishi aytilgan. Bu birikmalar bolaning kelajakdagi hayotida fikrlash apparati imkoniyatlarini taʼminlash uchun javob berarkan.

"Yuqoridagi raqamlar otalar oʻz farzandlari hayotining ilk bosqichlarida ular rivojlanishida hamisha ham faol rol oʻynamasliklarini koʻrsatmoqda", — degan YUNISEF vakili Lourens Chendi.

Chendi ota va bolaning birga oʻynashi uchun mavjud boʻlgan barcha toʻsiqlarni yengib oʻtishga va kichkintoylarga koʻproq eʼtibor berishni, ularni yaxshi koʻrishni, ular bilan oʻynashni, ularga ertak oʻqishni, turli hikoyalar aytib berishni, ular bilan birga kuylab, rasm chizishga chaqirgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular