O‘zbek filmlarini professional baholash interaktiv klubi tashkil etildi

© Sputnik / Aleksey DanichevOperator va assistent
Operator va assistent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Interaktiv munozara klubida kinoloyihalar va filmlarni professional baholash jamoatchilik asosidagi ekspertlar guruhi tomonidan amalga oshiriladi

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Interaktiv munozara klubi tashkil etildi, deb xabar qildi O‘zbekkino milliy agentligi matbuot-xizmati.

Daydi filmi reklamasi - Sputnik O‘zbekiston
Morgan Friman "ishtiroki" tufayli o‘zbek filmi premyerasi to‘xtatib qo‘yildi
"Xususiy kinostudiyalarning ijodiy faoliyatiga ko‘maklashish, ular tomonidan yaratiladigan filmlarning sifati va badiiy darajasini oshirish maqsadida "O‘zbekkino" Milliy agentligi va Kinematografiyani rivojlantirish markazining 2017-yil 19-iyundagi Qo‘shma qaroriga asosan Kinoloyihalar va kino mahsulotlarni (filmlarni) professional baholash Interaktiv munozara klubi faoliyati tashkil etildi", — deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, interaktiv munozara klubida kinoloyihalar va filmlarni professional baholash jamoatchilik asosidagi ekspertlar guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Kengash tarkibiga madaniyat va san’at arboblari, kinoshunoslar, ssenarist va rejissorlar, kinematografiya tashkilotlari vakillari kiritiladi.

Kinoijodkorlar o‘zlarining loyihalari yoki tayyor filmlarini Interaktiv munozara klubi muhokamasiga qo‘yish va malakali mutaxassislarning zarur tavsiyalarini olish orqali badiiy jihatdan sifatli kino asarlari yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Interaktiv munozara klubi Kinematografiyani rivojlantirish markazida faoliyat yuritib, kinoloyihalar va filmlarni muhokamaga qo‘yish uchun mablag‘ undirilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0