O‘zbekistonda qo‘shimcha kontrakt narxlari tasdiqlandi

© Sputnik / Pavel LisisinAbituriyent
Abituriyent - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kirish sinovlarida to‘plagan natijalari eng yuqori ballning 30% (68,0 ball)dan kam bo‘lmagan, Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qo‘shimcha o‘rinlarga qabul qilinmay qolgan va o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobardan ortiq oshirilgan to‘lov-kontrakt to‘lov to‘lash sharti bilan o‘qishga qabul qilinadi

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. 2017 yil 20-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi 393-sonli qarori qabul qilindi xushnudbek.uz.

Qarorda bakalavriat va magistratura bosqichiga talabalarni qabul qilishning yangi tartiblari belgilangan.

O‘zbekistonda oliy ta’lim maskaniga hujjat topshirish - Sputnik O‘zbekiston
Abituriyentlar shu paytgacha eng ko‘p hujjat topshirgan OTMlar uchligi

Shuningdek, qarorda abituriyentlarni to‘lov-kontrakt bo‘yicha belgilangan kvotadan tashqari qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilinishining tartibiga oydinlik kiritildi va unga ko‘ra ko‘pchilik abituriyentlarni qiziqtirib kelayotgan savollarga javob olish mumkin.

Qo‘shimcha kontrakt natijalari qachon aniq bo‘ladi?

Qo‘shimcha qabulni amalga oshirish takliflari oliy ta’lim muassasalari tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15-oktabrga kadar Davlat komissiyasiga kiritiladi;

Davlat komissiyasi oliy ta’lim muassasalarining imkoniyati, tanlov va to‘plangan ballar miqdoridai kelib chiqib, oshirilgan to‘lov-kontrakt sharti bilan abituriyentlarni ko‘shimcha kabul qilish ko‘rsatkichlari yuzasidan 20-oktabrga qadar qaror qabul qiladi.

Qo‘shimcha kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?

Yetarli ball to‘play olmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontraktda o‘qish uchun test natijalari e’lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak. Ballar ketma ketligi bo‘yicha ro‘yxatdagi oldingi abituriyent qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni arizasi bilan rad etgan holda yoki test sinovi natijalari e’lon qilingan kunidan boshlab bir oy muddatda ariza bermaganda ro‘yxatdagi keyingi abituriyent qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etiladi.

Kirish baliga necha ball yetmagan abituriyentlar qo‘shimcha kontraktda o‘qiy oladi?

Qo‘shimcha qabulga abituriyentlar 2 xil kategoriya bo‘yicha qabul qilinadi:

To‘plagan balli qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar;
68 balldan ko‘p to‘plagan barcha abituriyentlar.

Bular bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

Eng avvalo ular to‘laydigan oshirilgan kontrakt narxida keskin farq bo‘ladi. Bundan tashqari to‘plagan balli qabul chegarasiga 4 ballgacha yetmay qolgan abituriyentlarda kvotaga tushish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.

Oshirilgan kontraktning narxi qancha?

Oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

1-toifa

To‘plagan ballari tasdiqlangai to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

2-toifa

O‘zbek talabalari - Sputnik O‘zbekiston
Abituriyentlar diqqatiga: kirish ballini to‘play olmaganlar ham talaba bo‘lishi mumkin
Kirish sinovlarida to‘plagan natijalari eng yuqori ballning 30% (68,0 ball)dan kam bo‘lmagan, asosiy kvotalar doirasida va Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan qo‘shimcha o‘rinlarga (4 ballik hudud) qabul qilinmay qolgan va o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar amalda o‘rnatilgan to‘lov-kontrakt miqdoriga nisbatan 10 barobardan ortiq oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdorida to‘lov to‘lash sharti bilan o‘qishga qabul qilinadi.

Bu yerda e’tibor bersak, 10 barobar miqdorida deyilmagan, aksincha 10 barobardan ortiq miqdorda deyilgan. Bu degani ayrim OTMlarda 10, ayrimlarida 15, ayrimlarida 20 barobar bo‘lishi mumkin.

Bunda, qaysi OTMda oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori qancha bo‘lishini ta’lim yo‘nalishi xususiyatidan kelib chiqib, Davlat komissiyasi belgilaydi.

Oshirilgan kontrakt har yili to‘lanadimi yoki bir marta?

Bir marta to‘lanadi. Qo‘shimcha qabul qilingan talabalar birinchi o‘quv yilini tugatgandan so‘ng keyingi o‘quv yilidan boshlab amalda o‘rnatilgan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori asosida o‘qishini davom ettiradilar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0