O‘zbekiston FVV rahbari Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

© mfa.gov.kzYerik Utembayev - Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi
Yerik Utembayev - Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi

TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari R. Djurayev Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi, deb xabar qildi FVV matbuot-xizmati.

"2017 yilning 23-iyun kuni vazirlik binosida Favqulodda vaziyatlar vaziri R. Djurayevning Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Yerik Utembayev bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi", — deyilgan xabarda.

Xabarda aytilishicha, uchrashuv davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0