Mirziyoyev senator Mirabror Usmanovni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev davlat boshqaruvi organlari hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida fidokorona xizmat ko‘rsatgan rahbarlarni ordenlar bilan taqdirladi

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida Mirabror Usmanovni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida farmon e’lon qilindi.

Rauf Salaxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev jahonning eng yosh olimlaridan biriga Toshkent markazidan uy sovg‘a qildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Mirabror Zufarovich Usmanov davlat boshqaruvi organlari va jamoat tashkilotlaridagi ko‘p yillik samarali va fidokorona mehnati, ibratli ijtimoiy faoliyati bilan Vatan mustaqilligini, uning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish, yosh avlodni jismoniy va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash ishiga qo‘shgan katta hissasi uchun hamda tavalludining 70-yilligi munosabati bilan  "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan.

Shuningdek, prezident tomonidan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi Qudratulla Mirsagatovich Rafikov "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan.

Qudratulla Rafikovga ushbu orden mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va davlat dasturlari ijrosini ta’minlashdagi faol ishtiroki, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat qonunchiligiga doir huquq va manfaatlarini himoya qilish ishiga qo‘shgan katta hissasi uchun hamda tavalludining 70-yilligi munosabati bilan topshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0