O‘zbekiston HHK o‘quv mashg‘ulotida tog‘dagi shartli dushmanni yo‘q qildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishshturmoviki Su-25
shturmoviki Su-25 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari jangovar holatga yaqin ko‘rinishda, baland tog‘ sharoitida, vertolot va Su-25 taktik aviatsiyasidan foydalanilgan holda o‘tkazildi

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari uchuvchilari mamlakat janubidagi o‘quv mashg‘uloti davomida shartli dushmanni yo‘q qildilar. Bu haqda "O‘zbekiston" telekanaliga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

Voyennoslujashie armii Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya qurolli kuchlari hamkorlikda mashg‘ulot o‘tkazadi

Xabarda aytilishicha, mazkur o‘quv mashg‘ulotlari jangovar holatga yaqin ko‘rinishda, baland tog‘ sharoitida, vertolot va Su-25 taktik aviatsiyasidan foydalanilgan holda o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlarda o‘nta parvoz ekipaji, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning "Sariosiyo" paviloni va Xonobod aerodromidan foydalanildi.

Mashg‘ulot ssenariysiga ko‘ra, samolyot va vertolotlar dastlab mahalliy hudud uzra havo razvedkasini o‘tkazdi, so‘ngra balandligi 4 ming metrdan ortiq bo‘lgan tog‘ sharoitida joylashgan shartli dushmanning asosiy kuchlariga bomba-hujum zarbalarini berdi.

Yangiliklar lentasi
0