FIFA prezidenti Mirabror Usmanovga tabrik yo‘lladi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishJanni Infantino
Janni Infantino - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbari ham O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmanovga o‘z tabrigini yo‘llagan

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zbekistonlik senator, siyosat va sport arbobi Mirabror Usmanovni 70-yillik yubileyi munosabati bilan tabrik yo‘lladi.

O‘FF prezidenti Mirabror Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev senator Mirabror Usmanovni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi
"4 iyul kuni O‘zbekiston futbol federatsiyasi prezidenti Mirabror Usmanov 70 yoshni qarshi oldi. Yubiley munosabati bilan FIFA prezidenti Janni Infantino va Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Salmon bin Ibrohim al-Xalifa Mirabror Zufarovichga o‘zlarining eng samimiy va iliq tilaklarini yo‘lladilar", — deb xabar qildi Uzreport.

"Sizni tavallud kuningiz bilan tabriklayman. Ushbu ajoyib kunda Sizga omad, baxt va muvaffaqiyatlar tilayman. Umid qilamanki, siz ushbu kunni oilangiz va do‘stlaringiz davrasida o‘tkazasiz", — deb yozgan o‘z maktubida FIFA prezidenti Janni Infantino.

"Tavallud ayyomingiz bilan! Sizga chuqur ehtirom bildirgan holda o‘zimning eng samimiy tilaklarimni yo‘llamoqchiman, mamlakatingizdagi va mintaqamizdagi futbol rivojiga qo‘shgan ulkan hissangiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, bizning hamkorligimiz bundan keyin ham One Asia, One Goal shiori ostida davom etaveradi. Sizga mustahkam sog‘lik va muvaffaqiyatlar tilayman" —, deb yozgan o‘z maktubida OFK prezidenti Salmon bin Ibrohim al-Xalifa.

Yangiliklar lentasi
0