O‘zbekiston prezidenti yangi ko‘krak nishonini ta’sis etdi

© Pravitelstvenniy portal Respubliki UzbekistanNagrudnoy znak "Mahalla iftixori"
Nagrudnoy znak Mahalla iftixori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti qarori bilan "Mahalla iftixori" ko‘krak nishoni ta’sis etildi, deb xabar berildi O‘zbekiston Hukumati portalida.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev deputatlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochishni buyurdi
"Ko‘krak nishoni bilan jamiyatda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni va rolini kuchaytirish, joylarda ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, keng qamrovli profilaktika tadbirlari va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, mahalla fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelayotgan faol, tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillari taqdirlanadi", — deyilgan hujjat matnida.

Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tuman (shahar) kengashlarining ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy kengashlari tomonidan ko‘rib chiqilib, har yilning 1-may sanasiga qadar Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashiga (keyingi o‘rinlarda — Respublika kengashi) taqdim etiladi.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar. Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari O‘zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: mahalla raisi kim nima bilan mashg‘ul - hammasini bilishi lozim
Ko‘krak nishoni, uning guvohnomasi va pul mukofoti Mustaqillik kuni bayrami arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar "Mahalla" xayriya jamoat fondi hisobidan mamlakat sanatoriylarida davolanishlari uchun bir marotabalik bepul yo‘llanma olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Ko‘krak nishoni, uning guvohnomasi va pul mukofoti Mustaqillik kuni bayrami arafasida Respublika kengashi raisi (yoki uning topshirig‘iga binoan boshqa mas’ul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0