O‘zbekiston IIV rahbarining birinchi o‘rinbosari qozog‘istonlik hamkasbi bilan uchrashdi

© O‘zbekiston IIV matbuot-xizmatiO‘zbekiston IIVdagi xalqaro uchrashuv
O‘zbekiston IIVdagi xalqaro uchrashuv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qozog‘iston IVV vakillari uchrashuvida terrorizm, separatizm, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va noqonuniy migratsiyaning turli ko‘rinishlariga, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashishda ikki davlat ichki ishlar organlarining hamkorlik vazifalari muhokama qilindi

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov 15-iyul kuni Toshkent shahridagi "Turkiston" mehmonxona majmuida Qozog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari politsiya general-leytenanti Marat Demeuov bilan uchrashdi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

Zamestitel ministra vnutrennix del RUz vstretilsya s zamestitelem ministra vnutrennix del Kirgizskoy Respubliki - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston IIVlari o‘zaro hamkorlikni mustahkamlamoqchi
"Ushbu tashrif yaqinda bo‘lib o‘tgan MDH a’zo davlatlari ichki ishlar vazirlarining Kengash yig‘ilishida, O‘zbekiston va Qozog‘iston ichki ishlar vazirlarining kelajakda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha bir qator masalalarni, jumladan tomonlarni qiziqtirgan hududiy muammolarni hal etish yuzasidan o‘zaro suhbatining mantiqiy davomidir", — deyiladi xabarda.

Rahbarlar terrorizm, separatizm, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va noqonuniy migratsiyaning turli ko‘rinishlariga, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashishda ikki davlat ichki ishlar organlarining hamkorlik vazifalari mavzularida suhbatlashib, ushbu yo‘nalishda ikkitomonlama hamkorlik masalalarini mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish yuzasidan fikr bildirganlar.

Tashrif kunining ikkinchi yarimida Qozog‘iston delegatsiyasi a’zolari Toshkent shahrining diqqatga sazovar joylari bilan tanishdilar, deb qayd etilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0