05:19 25 Noyabr 2017
Efir
Mototsikl

Samarqandda yoʻl nazoratchilariga Honda mototsikllari topshirildi

Sputnik / Yevgeniy Odinokov
Yangiliklar
Havola olish
31610

Soʻnggi yillarda Samarqand shahrida avtotransport vositalari ancha koʻpaygani sabab baʼzi koʻchalar va chorrahalarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Bu esa oʻz navbatida maxsus operatsiyani bajarayotgan xizmat avtomashinalarining harakatlanishiga maʼlum qiyinchiliklar tugʻdirmoqda

TOSHKENT, 17 iyul — Sputnik. Samarqandda yoʻl nazoratchilariga Honda mototsikllari topshirildi, deb xabar berdi Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

V Samarkande inspektoram dorojnoy bezopasnosti vruchili mototsiklы Xonda
V Samarkande inspektoram dorojnoy bezopasnosti vruchili mototsiklы Xonda

Soʻnggi yillarda Samarqand shahrida avtotransport vositalari ancha koʻpaygani sabab baʼzi koʻchalar va chorrahalarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Bu esa oʻz navbatida maxsus operatsiyani bajarayotgan xizmat avtomashinalarining harakatlanishiga maʼlum qiyinchiliklar tugʻdirmoqda.

Ushbu muammolarni inobatga olgan Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi Samarqand shahri yoʻl-patrul xizmati xodimlariga Yaponiyada ishlab chiqarilgan va maxsus jihozlangan mototsikllarni taqdim etdi.

Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Fayzulla Quvondiqov boshchiligida boʻlib oʻtgan namoyish seminari ishtirokchilari yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlariga topshirilgan mototsikllarning texnik imkoniyatlari bilan tanishib chiqdi.

Asosiy mavzular