UZMOBILE O‘zbekiston yoshlari uchun hamonbop tarif va yangi tarmoq xizmatini taqdim etmoqda

© Foto : axelle bUyali aloqa telefoni
Uyali aloqa telefoni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashabbus tashkilotchilari foydalanuvchilarni yoshlar uchun qiziqarli va foydali resurslarni taklif etishga hamda o‘zlarining shu yo‘sindagi axborot-bilim resurslarini yaratishga chorlaydi. Buning uchun portali doirasida o‘z veb-saytini mutlaqo bepul yaratish imkoniyati beriladi

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekiston milliy mobil aloqa operatori o‘sib kelayotgan avlodning intellektual salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan, axborot ta’lim tarmog‘i resurslariga ulanish imkonini beruvchi yangi "ZiyoNET" xizmatini taqdim etmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi.

Polzovatel chitayet novosti na portale Sputnik Litva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda eng faol internet foydalanuvchilari kimlar?
"Internet-texnologiyalarining ulkan qulayliklari bo‘lishiga qaramay, internet tarmog‘ida aksar yoshlar turli xavflarga, yod g‘oyalar, zo‘ravonlik, ekstremizm va boshqa salbiy targ‘ibot ta’siriga tushib qolishadi.

O‘z farzandlarini himoya qilmoqchi bo‘lgan ota-onalar esa aksariyat hollarda farzandlariga internetga ulanishni ta’qiqlab qo‘yishadi. Bu esa, bolani global tarmoqning foydali tomonlari – ta’limiy, ma’rifiy resurslar, elektron kutubxonalar imkoniyatlaridan foydalanishiga to‘siq bo‘ladi. Shuningdek, tarmoq orqali o‘z iqtidorini namoyish etish, o‘zini qiziqtirgan mavzularda tajriba ortirish va almashish, mamlakat va xorijda sodir bo‘layotgan so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish imkoniyatidan ham mahrum bo‘ladi", — deyilgan xabarda.

Shuningdek, internetning foydali jihatlarini va mavjud xatarlarni tushunuvchi ota-onalar ham borligi qo‘shimcha qilingan.

"Bunday toifa foydalanuvchilar odatda turli "qora ro‘yxat"ga tushgan resurslarni ta’qiqlash imkonini beruvchi "ota-ona nazorati" tizimlaridan foydalanishadi. Biroq bu usul har doim ham o‘zini oqlayvermaydi. Birinchidan, bir kunni o‘zida internetda minglab zararli saytlar paydo bo‘ladi, tizim bu resurslarning hammasini to‘sib qolishiga kafolat yo‘q. Ikkinchidan, hozirgi bolalar texnologiyalarni hatto ota-onalaridan ham yaxshi tushunishadi va ular belgilangan cheklovni chetlab o‘tishlari mumkin".

O‘sib kelayotgan avlod uchun internetda xavfsiz muhitni yaratish, ta’limiy, ma’rifiy va boshqa foydali saytlarga bog‘lanish imkonini berish, ularning ongi va sog‘lig‘iga zarar keltiruvchi axborotlar ta’siridan samarali himoya qilish, shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribalaridan kelib chiqib, UZMOBILE milliy aloqa operatori maxsus tarif rejalari seriyasi hamda foydali kontentga mobil aloqa tarmog‘i orqali xavfsiz ulanishning qo‘shimcha xizmatlarini joriy qildi.

Mazkur xizmat va tariflar "ZiyoNET" imtiyozli tarif rejasining uchun bir necha yillar davomida ta’lim, axborot-kutubxona va boshqa ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari uchun joriy qilib kelinishi tajribasiga asoslangan holda ishlab chiqildi.

Uzbekskie shkolniki poluchili 15 medaley na mejdunarodnoy matematicheskoy olimpiade - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro matematika olimpiadasida 15ta medal olishdi
Mazkur tarif planlari doirasida "ZiyoNET" tarmog‘ining "oq ro‘yxati", ya’ni fan-ta’lim, ma’naviy-ma’rifiy va hokazo bilim olishga doir milliy va chet el internet resurslarini o‘z ichiga olgan yagona axborot resurslari reyestridan (YaARR) foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Bu tariflarni joriy etishda ularning yoshlarbopligidan tashqari, hamonbopligiga ham urg‘u berildi.

"ZiyoNET" tarif planlariga ulanuvchilar faqat YaARRga kiritilgan tashqi saytlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Natijada istalgan UZMOBILE abonenti milliy ta’lim tarmog‘idan smartfoni vositasida imtiyozli foydalana oladi.

Ayni paytda YaARRga ta’lim, madaniyat, sport, biznes, tibbiyot, ko‘ngilochar yo‘nalishlardagi qariyb 3 ming resurs kiritilgan, "eng kichik yoshlilar" uchun alohida kategoriya mavjud. Bu ro‘yxat milliy va xalqaro internet segmenti tahlillari hamda foydalanuvchilarning takliflari asosida doimiy yangilanib turadi.

Dinamika sen na internet-uslugi AK Uzbektelekom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston provayderlari uchun internet-xizmatlariga tariflar yanada tushirildi
Mazkur tashabbus tashkilotchilari foydalanuvchilarni yoshlar uchun qiziqarli va foydali resurslarni taklif etishga hamda o‘zlarining shu yo‘sindagi axborot-bilim resurslarini yaratishga chorlaydi. Buning uchun portali doirasida o‘z veb-saytini mutlaqo bepul yaratish imkoniyati beriladi.

Mazkur xizmatning yo‘lga qo‘yilishi 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi va Davlat yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir natijasidir.

Yangiliklar lentasi
0