04:58 18 Yanvar 2018
Efir
Toshkentdagi koʻpqavatli uylar

Sal kam 400 million soʻm: Toshkent "propiskasi" narxi eʼlon qilindi

© Flickr/ stefan_fotos
Yangiliklar
Havola olish
362417

Nihoyat qonunchilikka kutilgan oʻzgarish kiritilgani xabar qilinmoqda

TOSHKENT, 26 iyul — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskasi mavjud boʻlmagan shaxslar ham uy sotib olish hamda buning evaziga doimiy propiska olish huquqiga ega boʻlganligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Jumladan, huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyevning yozishicha buning uchun yangi qurilgan uylardan bahosi kamida eng kam oylik ish haqining 2500 baravari miqdorida uy sotib olish kerak. Bu bugungi hisob boʻyicha 374 mln. 437 ming 500 soʻm boʻladi.

Bundan tashqari shartnomaning 5%i miqdorida davlatga toʻlanadigan boj ham bor. Bu kamida 18 mln. 721 ming soʻm boʻladi.

Bundan kelib chiqadiki, Toshkent propiskasiga kirish uchun kamida 393 mln. 159 ming soʻm pulingiz boʻlishi kerak. Shunda ham propiska, ham uy sotib olasiz.

Yangi qurilgan uy deganda foydalanishga topshirilganiga kamida 3 yil toʻlmagan uy tushuniladi. Propiskaga kirish uchun Toshkent shahar hokimligining uy foydalanishga topshirilganiga 3 yil toʻlmaganligi haqidagi maxsus maʼlumotnomasi ham kerak boʻladi.

Agar mabodo kimdir yangi uylardan birini sotib olib, uni 3 yil ichida boshqaga sotmoqchi, alishtirmoqchi yoki hadya qilmoqchi boʻlsa, unda notariusdan rasmiylashtirish uchun eng kam oylik ish haqining 400 baravarini toʻlashi kerak. Bu bugungi kunda 59 mln. 910 ming soʻm degani. Xuddi yangi mashinani 1 yil ichida sotish qimmatligi kabi, yangi uyni 3 yil ichida sotish ham qimmatga tushadi, deb yozgan Xushnudbek oʻz sahifasida.

Teglar:
uy, propiska, Toshkent

Asosiy mavzular