20:08 23 Noyabr 2017
Efir
Gulnara Karimova

Yashasin Oʻzbek sudi: internet foydalanuvchilari Gulnora Karimova haqida nima deyapti?

Sputnik / Valeriy Levitin
Yangiliklar
Havola olish
Gulnora Karimova ishi (15)
452581

Kuni kecha Oʻzbekistonda Birinchi prezident Islom Karimovni xotirlash marosimi oʻtkazilgan edi. Bugun respublika Bosh prokuraturasi Birinchi prezidentning toʻngʻich qizi Gulnora Karimova sodir etgan jinoyatlari uchun 2015 yilning oʻzidayoq 5 yilga ozodlikdan mahrum etilganini maʼlum qildi

TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Gulnara Karimova Islomovna nomi bugun butun dunyo OAVlarini aylanib chiqadi. Chunki Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi bugun Oʻzbekistonning Birinchi prezidenti toʻngʻich qizi ustidan jinoyat ishlari boʻyicha rasman xabar berdi.

Internet tarmogʻida tarqatilgan bu xabarga ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari qanday izoh qoldirishmoqda?

"Tan olaman men oʻzim Fond Forum ishtirokchisi va grant gʻolibi boʻlganman. Mehr Nuri jamgʻarmasi 4 yil mobaynida mening shartnoma pulimni toʻlab kelgan. Ushbu fondlar yordamida koʻp narsaga erishdim, ammo sahna ortida tamomila boshqacha oʻyin olib borilgan koʻrinadi. Qolgan barcha narsa shunchaki "massovka" boʻlgan, demak. Mening shartnoma pulimni toʻlashga grant yutib olganim uchun rahmat deyman. Chunki oʻzimga qolganda oʻqiy olmasdim. Lekin takrorlab oʻtaman, bu fondlarning hech biri Gulnora Karimovani hecham oqlay olmaydi… Bu shunchaki koʻzlarni shamgʻalat qilish boʻlgan", — deb fikr bildirgan TROLL UZ.

Gulnora Karimova tomonidan oʻzlashtirilgan pullar yuzasidan Ernest Sattarov quyidagicha fikr bildirgan: "Bu pullar evaziga mamlakatni oyoqqa turgʻazish, odamlarning uyiga gaz, suv oʻtkazib berish va hokazo ishlarni amalga oshirsa boʻlardi. Lekin bunday qilishmaydi, chunki kredit olish imkoni boʻlganda buning nima keragi bor?".

"Kalkulyator yetmay qoldi pullarni hisoblayman desam" deb yozgan Sher Sherz.

"Dunyodagi eng boy ayol. Bill Geyts dam oladi", degan Hasanboy Soliyev.

Xabarni oʻqib, tili kalimaga kelmay qolgan yana bir foydalanuvchi "Bay, bay, bay…" deyish bilan cheklangan.

Yana bir foydalanuvchi esa Shveytsariya banki vakili tashrifidan keyin bu kutilgan yangilik boʻlganini taʼkidlagan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining aksariyatini Gulnora Karimova tomonidan sodir etilgan shuncha jinoyatlar uchun unga atigi 5 yil jazo berilgani hayratlantirgan.

Xabar yuzasidan savol berayotgan foydalanuvchilar soni ham tobora ortib bormoqda.

Jumladan, Abdurahmon Tashanov "Gulnora Karimova otasi prezident boʻlmaganida shuncha jinoyatni sodir etgan boʻlarmidi?, — deb savol bergan. Va bu savolni OʻzTVning koʻrsatuvlariga yoʻllashni taklif etgan.

Mavzu:
Gulnora Karimova ishi (15)
Teglar:
jinoyat ishlari, pullar, Gulnora Karimova

Asosiy mavzular