20:08 23 Noyabr 2017
Efir
Gulnara Karimova

Pritchin xulosasi: Gulnora Karimova tirik. U hozir Oʻzbekistonda

CC BY-SA 3.0 / Timir01 / Gulnara Karimova.
Yangiliklar
Havola olish
Gulnora Karimova ishi (15)
1177472

Bugun Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi ilk marta Islom Karimovning toʻngʻich qizi Gulnora Karimova taqdiri haqida maʼlumot berdi. Respublika Bosh prokuraturasi Gulnora Karimovaga 2015 yilning 21 avgustidayoq 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanganini xabar qildi

TOSHKENT, 28 iyul — Sputnik. Oʻzbekistonning ulkan miqdordagi moddiy boyliklarini oʻzlashtirgan Gulnora Karimova 2013 yildayoq jamoatchilik nazaridan yoʻqolgan va shu paytgacha uning qayerdaligi haqida OAVlarda rasman xabar berilmadi.

Gulnora Karimova hatto otasining 3 sentyabrda oʻtkazilgan dafn marosimida ham koʻrinish bermadi.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov vafoti munosabati bilan faqatgina marhumning bevasi Tatyana Karimova va kenja qizi Lola Karimova-Tillayevaga hamdardlik bildirgan edi.

Gulnora Karimova haqida rasman hech qayerda maʼlumotlar berilmayotgani tufayli keyingi vaqtlarda u haqda turli xil mish-mishlar bolalab ketdi. Internetdagi manbalarni koʻzdan kechiradigan boʻlsangiz "Gulnora Karimova Toshturmada" degan xabarlardan tortib, "Gugushaning allaqachon "oʻlganligi" haqidagi xabarlarga koʻzingiz tushadi.

Gulnora Islomovnaning singlisi Lola Karimova-Tillayeva ham bu borada sukut saqlab kelmoqda.

Xususan, Lola Karimova 2013 yil VVSning rus xizmatiga bergan intervyusida " opasi Gulnora bilan 12 yildan beri aloqa qilmasligini" aytib oʻtgan.

2016 yilning 23 noyabrida esa Rossiyaning regnum nashri Gulnora Karimovaning oʻgʻli Islom Karimovdan kelgan xatni chop etdi. Nashrga koʻra Gulnora Islomovnaning oʻgʻli tahririyatga yoʻllagan maktubida "Mening onam tirik va ayni vaqtda u Londonda" deb xabar qilgan.

Ozarbayjonning "Haqqin" nashri esa Turkiyaning NTV telekanaliga tayangan holda 2016 yilning 3 oktyabr sanasida Islom Karimovning toʻngʻich qizi Gulnora Karimova Ruhiy xastaliklar shifoxonasiga yotqizilgani haqida xabar tarqatgan.

2017 yilning 28 iyul kuni Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshidagi sharqshunoslik institutining Markaziy Osiyo va Kavkazni oʻrganish boʻyicha markaz eksperti Stanislav Pritchin Sputnik nashriga bergan intervyusida nega Gulnora Karimova haqidagi maʼlumotlar hozir yuzaga chiqayotganiga izoh berib oʻtdi.

"Sharqona urf-odatlardagi oʻziga xosliklar tufayli Islom Karimov davrida Oʻzbekiston hukumati prezident oilasi aʼzolari hibsga olinganligi va qamoqdaligi haqida rasman ayta olmasdilar", — deb taʼkidladi Pritchin.

Ekspertga koʻra, Shavkat Mirziyoyev respublika boshqaruvini oʻz qoʻliga olgach, hukumat kursni ochiq siyosat olib borish tomon burdi.

Va shu tufayligina Karimovaning kirdikorlari haqida maʼlumotlar eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan eʼlon qilingan xabarni tahlil qilgan Pritchin "Gulnora Karimova tirik va Oʻzbekistonda hibsda" degan xulosaga keldi.

Mavzu:
Gulnora Karimova ishi (15)
Teglar:
Gulnora Karimova qayerda

Asosiy mavzular