YHQni buzgan diplomatlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishKompleks avtofiksatsii narusheniy PDD
Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, diplomatik korpus vakillariga qulayliklar yaratish uchun yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimani to‘lash shakllarini kengaytirish rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekistondagi xorijiy mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlarini yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortish chora-tadbirlari sohasida tegishli Yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qo‘shma qaror loyihasi tayyorlanmoqda.

Uzbekskiy militsioner osmatrivayet mashinu - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "GAI" xodimlari harakatlarini videoga yozish tizimi ishga tushiriladi
"Xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlari ishtirokida YHQni buzish holatlari bilan bog‘liq yurtimiz yo‘llaridagi muammolar 2017-yil 5-iyuldagi Tashqi ishlar vazirining vatandoshlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqoti chog‘ida ko‘tarilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi va Oliy sud bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek ularga tenglashtirilgan tashkilotlar xodimlarini yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortish chora-tadbirlari sohasida xorijiy tajribani o‘rganish asosida 2012-yil 12-martda O‘zbekiston Respublikasi TIV, IIV va Oliy sudi tomonidan tasdiqlangan qo‘shma Qarorga tegishli Yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qo‘shma qaror loyihasini tayyorlamoqda", — deyiladi TIV xabarida.

Amaldagi xujjatni mamlakatda joriy etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi avtomatlashtirilgan video-yozuv tizimi bilan bog‘liq meyorlar bilan to‘ldirish ko‘zlanmoqda.

Yo‘l harakati qoidalari va yo‘l harakati ishtirokchilari xavfsizligiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash maqsadida, shuningdek jazoning muqarrarligi tamoyilidan kelib chiqqan holda sud yoki boshqa vakolatli organlar tomonidan huquqbuzarlikni sodir etganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilishi to‘g‘risidagi qaror qabul qilish tartibiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bundan tashqari, diplomatik korpus vakillariga qulayliklar yaratish uchun yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimani to‘lash shakllarini kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0