08:48 23 Noyabr 2017
Efir
Orol dengizi

Orol dengizida 210 tonna baliq nobud boʻldi

REUTERS / Shamil Zhumatov
Yangiliklar
Havola olish
248109

Ushbu hodisa yuzasidan "Baliq zaxiralari muhofazasi qoidalarining buzilishi" va "masʼuliyatsizlik" moddalari boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan

TOSHKENT, 11 sen — Sputnik. Baliq zaxiralarini muhofaza qilish qoidalarining buzilishi Orol dengizida baliqlarning ommaviy nobud boʻlishiga sabab boʻlgan boʻlishi mumkin, deb xabar qildi Qizil Oʻrda viloyati prokuraturasi matbuot-xizmati.

Baliqlarning ommaviy nobud boʻlishi hodisasi 8 avgustga oʻtar kechasi Koʻk orol toʻgʻonining quyi qismida qayd etilgan.

Mutaxassislarning fikricha, Sirdaryoning qoʻyi qismi, jumladan, Kichik Orolga kelib tushgan katta hajmdagi suv ham ushbu fojia sababchisi boʻlgan boʻlishi mumkin, deb yozadi Sputnik Qozogʻiston nashri.

"Jazirama ob-havo va suv bosimining pasayishi oqibatida yuzaga kelgan shunday holat oqibatida 210 tonna yosh baliqlar nobud boʻldi. Ushbu holat yuzasidan Qizil Oʻrda viloyati tabiat muhofazasi prokuraturasi tomonidan "Baliq zaxiralari muhofazasi qoidalarining buzilishi" va "masʼuliyatsizlik" moddalari boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan", — deyiladi xabarda.

Asosiy mavzular