Xorijiy diplomlarni nostrifikatsiyalash bo‘yicha ekspert komissiyalari yig‘ilishi o‘tkaziladi

© UITO‘zbek talabasi
O‘zbek talabasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspert komissiyalarining ijobiy xulosalari olingan va ta’lim muassasalariga yuborilgan so‘rov xatlariga ijobiy javob kelgan talabgorlar sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan maxsus sinovlarda ishtirok etish uchun 2017-yilning 20-sentabriga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash bo‘yicha ekspert komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi, deb xabar qildi O‘zbekiston Davlat test markazi matbuot-xizmati.

O‘zbekistonlik talaba - Sputnik O‘zbekiston
Chet elda o‘qiganlar ortiqcha ovoragarchiliksiz ishga joylashadi
O‘zbekistonda xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 25-iyuldagi 283-son qarori bilan tasdiqlangan "Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida Nizom" asosida amalga oshiriladi.

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi 1992-yil 1-yanvardan so‘ng berilgan hujjatlarni tan olish hamda ularni nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibini belgilaydi.

Nizomning 22-bandiga muvofiq, Davlat test markazida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda "Huquqshunoslik", "Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot", "Iqtisodiyot", "Qishloq xo‘jaligi, muhandislik, ishlov berish va qurilish", "O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogik fanlar" sohalari bo‘yicha Ekspert komissiyalari tashkil etilgan.

Sohalar bo‘yicha tashkil etilgan Ekspert komissiyalarining navbatdagi yig‘ilishlari 2017-yilning 25-29 sentabr kunlari Davlat test markazida bo‘lib o‘tadi.

Vruchenie diplomov s otlichiyem vipusknikam MGU im. M.V.Lomonosova - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda xorij diplomlari imtihonsiz tan olinadigan bo‘ldi
Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikatsiyalash uchun Davlat test markaziga hujjat topshirgan hamda Ekspert komissiyalarining ijobiy xulosalari olingan va ta’lim muassasalariga yuborilgan so‘rov xatlariga ijobiy javob kelgan talabgorlar sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan maxsus sinovlarda ishtirok etish uchun 2017-yilning 20-sentabriga qadar ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekistoni Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-son qarorining 3-ilovasiga asosan o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash uchun amaldagi belgilangan eng kam ish oylik ish haqining ikki barobari miqdorida yig‘im undiriladi.

Yangiliklar lentasi
0