07:03 23 Noyabr 2017
Efir
Talabalar

Toshkent davlat yuridik instituti 5 kunlik taʼlim tizimiga oʻtdi

© Sputnik/ Vladimir Fedorenko
Yangiliklar
Havola olish
618 0 0

Haftaning shanba kuni professor-oʻqituvchilar taʼlim jarayonidagi yangiliklardan xabardor boʻlib boradi, ilmiy izlanishlar bilan shugʻullanadi. Talabalar mustaqil taʼlim jarayoniga jalb etiladi

TOSHKENT, 13 sen — Sputnik. Toshkent davlat yuridik institutida 5 kunlik taʼlim tizimi joriy etildi, deb xabar qilindi milliy matbuot markazida Toshkent davlat yuridik universiteti masʼul xodimlari tomonidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida.

Taʼkidlanishicha, yangi oʻquv yilidan eʼtiboran universitet haftada 5 kunlik taʼlim tizimiga oʻtgan. Bunda har haftaning shanba kuni professor-oʻqituvchilar taʼlim jarayonidagi yangiliklardan xabardor boʻlib boradi, ilmiy izlanishlar bilan shugʻullanadi. Talabalar mustaqil taʼlim jarayoniga jalb etiladi.

Tadbirda shuningdek, 2017/2018 oʻquv yili uchun oʻtkazilgan test sinovlari natijalari, oʻquv-tarbiyaviy jarayon sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi, jurnalistlar savollariga javob qaytarildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga 6 mingdan ziyod abituriyentdan hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida 518 harbiy imtiyozga ega yoshlar, 3 fan olimpiadasi gʻolibi oʻqishga kirish istagini bildirgan. 2017/2018 oʻquv yilida bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga 20 davlat granti, 580 toʻlov-kontrakt asosida 600 talaba oʻrni ajratildi.

Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga chet el fuqarolarini oʻqishga qabul qilish boʻyicha soddalashtirilgan tizim joriy etildi. Endilikda ular universitetga test sinovlarisiz, suhbat natijasiga koʻra qabul qilinadi. Joriy oʻquv yilida Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Qozogʻiston va Turkmanistondan 11 abituriyent mazkur universitet talabalari safiga qabul qilindi.

Universitetda 2017/2018 oʻquv yili uchun magistratura taʼlim yoʻnalishiga 120 oʻrin ajratilgan boʻlib, 74 talaba qabul qilingan. Bu holatni universitet masʼullari magistraturaga qabul jarayonida yangi tizim joriy etilgani va talablar yanada ortgani bilan izohlashdi. Yangi tizimga koʻra, endilikda talabgorlar 2 bosqichda sinovdan oʻtadi. Dastlabki bosqich test sinovi. Ikkinchi bosqichda esa yozma imtihon. Bundan tashqari chet tilini bilish darajasiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Matbuot anjumanida maʼlum qilinishicha, toʻlov-kontrakt pulining oshirilgan stavkasi boʻyicha qoʻshimcha qabul summasi Toshkent davlat yuridik universitetida bir yillik toʻlov-kontrakt pulining 25 barobarini tashkil qildi. Bunda abituriyentlar toʻplagan ball ketma-ketligiga qatʼiy tayaniladi.

Asosiy mavzular