04:45 24 Sentyabr 2017
Efir
OʻFF prezidenti Umid Ahmadjonov

OʻFF prezidenti ijtimoiy tarmoqlarda oʻtirmasligi xabar qilindi

Federatsiya futbola Uzbekistana
Yangiliklar
Havola olish
26010

Federatsiya bilan bogʻliq rasmiy bayonotlar, xabar va maʼlumotlar OʻFF rasmiy saytida, OʻFFning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntlarida berib boriladi

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovning ijtimoiy tarmoqlarda akkaunti yoʻq, deb xabar qilindi Federatsiya rasmiy saytida.

"Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda soxta akkauntlarning koʻpayishi va ularda asossiz xabarlarning tarqatilishi ortidan Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati quyidagilarni maʼlum qiladi.

Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonovning ijtimoiy tarmoqlarda akkaunti yoʻq va yaqin orada ochishni ham rejalashtirmayapti.

Federatsiya bilan bogʻliq rasmiy bayonotlar, xabar va maʼlumotlar OʻFF rasmiy saytida, OʻFFning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy akkauntlarida berib boriladi", — deyilgan rasmiy byonotda.

Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti va tegishli rahbarlarga info@the-uff.com elektron pochtasi orqali taklif va mulohazalar bilan murojaat qilish mumkinligi qoʻshimcha qilingan.

Federatsiya prezidenti va mutasaddi rahbarlar futbol jamoatchiligi, ommaviy axborot vositalari, ishqibozlarning taklif va mulohazalarini eshitishga tayyorligi bildirilgan.

Asosiy mavzular