07:04 23 Noyabr 2017
Efir
Match Uzbekistan - Yujnaya Koreya

OʻFF 10 kun ichida xalqqa bayonot beradi

© Federatsiya futbola Uzbekistana
Yangiliklar
Havola olish
66713

Federatsiyaning boʻlinmalarini qayta koʻrib chiqish va maʼmuriy apparatga yetuk muxassislarni jalb qilish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 14 sen — Sputnik. OʻFF 10 kun ichida yangi rejalar haqida axborot beradi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Futbol federatsiyasi matubot-xizmati.

"Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasining yangi rahbariyati bolalar-oʻsmirlar va ommaviy futbolni yanada rivojlantirish, milliy terma jamoalarning faoliyatini tubdan isloh qilish, futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati saviyasini koʻtarish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, xalq va ishqibozlar bilan muloqot koʻpriklarini yanada koʻpaytirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilayapti", — deyiladi xabarda.

Shu asosda federatsiyaning boʻlinmalarini qayta koʻrib chiqish va maʼmuriy apparatga yetuk muxassislarni jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Oʻzbekiston Futbol Federatsiyasi ushbu xabar eʼlon qilinganidan 10 kun oʻtib, mamlakat futbolini rivojlantirish yoʻlidagi 2018-2022 yillarga moʻljallangan islohotlar rejasi, Oʻzbekiston futbolini yanada rivojlantirish dasturi yuzasidan jamoatchilikka maʼlumot beradi.

Asosiy mavzular