04:44 18 Yanvar 2018
Efir
Podsledstvennыy v SIZO Matrosskaya tishina

Oʻzbekiston ombudsmani turmalardagi qiynoqlarning oldini olish mexanizmini yaratadi

© Sputnik/ Andrey Stenin
Yangiliklar
Havola olish
55620

Ombudsman mazkur sohada mavjud tajribani umumlashtirish, xorijiy mamlakatlar amaliyotini keng va har tomonlama oʻrganishni ham rejalashtirgan

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Ombudsman qiynoqlarni oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmni shakllantirishga kirishdi, deb xabar qildi Ombudsman matbuot-xizmati.

Mazkur mexanizm quyidagilarni nazarda tutadi:

- Jazoni oʻtash, qamoqda saqlash muassasalari va maxsus qabulxonalarda qonunchilik bilan kafolatlangan inson huquq va erkinliklarini taʼminlanganligini oʻrganish boʻyicha monitoring ishlarini tashkillashtirish;

— Ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning qiynoq va zoʻravonlik holatlari boʻyicha murojaatlarining maxsus tartibi;

— Ombudsmanning ushbu yoʻnalish boʻyicha parlament nazoratining boshqa subʼyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV bilan hamkorligi, shuningdek boshqa chora-tadbirlar.

Ombudsman mazkur sohada mavjud tajribani umumlashtirish, xorijiy mamlakatlar amaliyotini keng va har tomonlama oʻrganishni ham rejalashtirgan.

Xabarda shuningdek, ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar Ombudsmanga yozma (xat va telegrammalar) shaklda cheklanmagan miqdorda murojaat yoʻllashi mumkinligi taʼkidlangan.

Jazoni oʻtash, qamoqda saqlash muassasalari va maxsus qabulxonalar Ombudsmanga ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar murojaatlarini muhrlangan holatda 24 soatdan kechiktirmasdan joʻnatadi.

Telegrammalar shu zahotiyoq joʻnatilishi belgilangan. Ombudsman javobi jazoni oʻtash muassasalari tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻyilmaydi va olingan zahoti murojaat egasiga topshiriladi.

Qiynoqlarni oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmning shakllantirilishi huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan operativ-qidiruv faoliyatini va jazoni oʻtashga oid vazifalarni amalga oshirishda inson huquq va manfaatlarining buzilishi holatlarini oldini olishga, milliy qonunchilikni xalqaro huquqiy-meʼyoriy hujjatlar bilan muvofiqlashtirishga xizmat qiladi, deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular