14:57 23 Oktyabr 2017
Efir
Molotok

Jasur Ibrohimov ishi: Islombek Toʻlaganovni qoʻshimcha advokat himoya qiladigan boʻldi

© pixabay
Yangiliklar
Havola olish
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (23)
254740

Toʻrtinchi sud eshituvlarida navbatdagi guvohlar Hurmat H. va Muhammad Poʻlatov (Oʻlmas)ning koʻrsatmalari tinglandi

TOSHKENT, 5 okt — Sputnik. Bugun Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Mirobod tuman sudida ayovsiz kaltaklanishi oqibatida halok boʻlgan Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejining sobiq talabasi, marhum Jasurbek Ibrohimov oʻlimi yuzasidan toʻrtinchi sud majlisi boʻlib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan oʻtkazilgan tergov natijalariga koʻra, sudlanuvchi Islombek Toʻlaganov Oʻzbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi "d" bandi (jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) alomatlarini sodir etganlikda ayblanmoqda.

Bugungi sud majlisidan eʼtiboran sudlanuvchi I.Toʻlaganovni yana bir advokat himoya qiladigan boʻldi.

Toʻrtinchi sud eshituvlarida navbatdagi guvohlar Hurmat H. va Muhammad Poʻlatov (Oʻlmas)ning koʻrsatmalari tinglandi.

Hurmat oʻz koʻrsatmalari davomida Jasur Ibrohimovni Islom Toʻlaganovdan boshqa hech kim urmaganligini taʼkidladi va uyiga ketayotgan vaqtda Jasur yaxshi holatda boʻlganini qoʻshimcha qildi.

Guvoh sifatida ishtirok etgan Muhammad Poʻlatov esa ayrim savollarga javob bera olmadi.

Shuningdek, sud davomida ayblanuvchi Islombek Toʻlaganovning onasi zaldan turib guvohlarga "voqea qanday boʻlganini oʻrgatgani" uchun ogohlantirish oldi.

Mavzu:
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (23)

Asosiy mavzular