14:53 23 Oktyabr 2017
Efir
Lyudi vo vremennom punket razmeщeniya v g. Pokrov Vladimirskoy oblasti

Vladimirdagi YTHda jabrlangan oʻzbekistonliklarga tovon puli toʻlandi

Sputnik / Anton Kurilkin
Yangiliklar
Havola olish
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)
250720

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Andijon, Buxoro va Surxondaryo viloyatlari hokimlariga bergan topshirigʻiga asosan YTH oqibatida vafot etgan fuqarolarning oilalariga ijtimoiy yordamlarni koʻrsatish ishlari amalga oshirildi

TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Vladimir viloyati Pokrov shahri yaqinida YTHda jabrlangan 36 nafar oʻzbekistonliklarning har biriga "Rossiya temir yoʻllari" OAJ hisobidan 5 ming rubldan tovon puli toʻlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston FVV matbuot-xizmati.

YTHda jabrlanganlarning barchasiga tibbiy yordam koʻrsatilib, ular issiq buyumlar va oziq-ovqatlar bilan taʼminlangan.

Ayni vaqtda jabrlangan fuqarolar Oʻzbekistonga olib kelingan.

Xabarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Andijon, Buxoro va Surxondaryo viloyatlari hokimlariga bergan topshirigʻiga asosan YTH oqibatida vafot etgan fuqarolarning oilalariga ijtimoiy yordamlarni koʻrsatish ishlari amalga oshirilgan.

"Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Vladimir viloyati gubernatori S.Y.Orlovga, Petushin tumani maʼmuriyati va Pokrov shahrining milliy diasporasiga, Rossiya Federatsiyasining FVV vaziri V.A.Puchkov hamda Vladimir viloyatidagi Rossiya FVVning Bosh boshqarmasi boshligʻi V.A.Belozerovga, shuningdek yuzaga kelgan muammolarni hal etishga va jabrlanuvchilarni vatanga qaytarishga har tomonlama yordam bergan boshqa vazirlik va idoralarga chuqur minnatdorlik bildiradi", — deyilgan FVV xabarida.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 6 oktyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 03:39da Vladimir viloyatining, Petushin tumanidagi Pokrov temir yoʻl stantsiyasida poyezd va avtobus toʻqnashuvi sodir boʻlgan. YTH natijasida 15 nafar Oʻzbekiston fuqarolari vafot etgan.

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga asosan Vladimir viloyatidagi Oʻzbekiston fuqarolariga yordam koʻrsatish uchun Harbiy havo kuchlarining havo kemasida Favqulodda vaziyatlar, Sogʻliqni saqlash vazirliklari vakillari, xususan, yuqori malaka va mahoratga ega boʻlgan qutqaruvchi, shifokor va psixologlardan iborat maxsus guruh yoʻnaltirildi.

Vladimir viloyati maʼmuriyatining koʻmagida, FVV, IIV mutaxassisilari, Rossiya Federatsiyasining Tergov komiteti, TIV vakillari, Oʻzbekiston Elchixonasi va Oʻzbekistondan yuborilgan maxsus guruh tomonidan jabrlanganlarning hamda vafot etganlarning shaxsini aniqlash boʻyicha surishtiruv ishlari va ularning hujjatlarini rasmiylashtirish borasida zarur tadbirlar amalga oshirilidi.

Barcha rasmiy ishlar yakunlangach, Rossiya FVV avtotransportida jabrlanganlar hamda vafot etganlarning jasadlarini "Jukov" shahridagi aeroportga yetkazish ishlari tashkillashtirildi.

Joriy yilning 8 oktyabr kuni Harbiy havo kuchlarining maxsus bortida jabrlanganlar hamda vafot etganlarning jasadini Termiz, Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlariga yetkazish ishlari amalga oshirildi. Sirdaryo va Samarqand viloyatidan boʻlgan jabrlanuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi FVV avtomobil transportlarida Toshkent shahridan oʻz uylariga olib borildi.

Mavzu:
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)

Asosiy mavzular