23:39 18 Dekabr 2017
Efir
Lochinov Farhod Nazarovich, sud eksperti

Jasur Ibrohimov ishi boʻyicha davlat sud eksperti koʻrsatma berdi

Dilshoda Raxmatova
Yangiliklar
Havola olish
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (30)
182601

Jasur Ibrohimov oʻlimi yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoiy ish boʻyicha sud majlisi davom etmoqda. Bu safar marhumni bevosita yorib koʻrgan va tibbiy xulosa yozgan sud eksperti koʻrsatmalari tinglandi

TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Mirobod tuman jinoiy ishlar sudida Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasur Ibrohimovning oʻlimi yuzasidan oltinchi sud majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi sud tibbiy ekspertiza Bosh byurosi eksperti Lochinov Farhod Nazarovich soʻroq qilindi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Lochinov oʻz koʻrsatmalari avvalida ekspert xulosasi 2017 yil 1 iyunda  amaldagi qonunchilik asosida tuzilganligini maʼlum qildi.

Ibrohimov oʻlimi sabablari

Ekspert soʻzlariga koʻra, Ibrohimovning oʻlimi sabablari "3 may kuni olgan tan jarohatlari asorati bilan bogʻliq boʻlib, ushbu tan jarohatlari  tashqi taʼsir (jismoniy taʼsir) tufayli yuzaga kelgan". Marhumni bevosita yorib koʻrgan ekspertning aytishicha, Ibrohimovda hech qanday surunkali kasallik aniqlanmagan, yaʼni u sogʻlom boʻlgan.

Jarohatlar kelib chiqishi sabablari

"Tan jarohatlari oʻsha joylarga oʻtmas qattiq jism(inson qoʻl va oyoqlari)ning bir necha marta taʼsiri natijasida yuzaga kelgan boʻlishi mumkin", — dedi ekspert.

"Oʻn ikki barmoqli ichakning yorilishi sohasida boshqa tan jarohatlarining mavjudligi, yaʼni koʻndalang chambarichak gematomasi, oshqozon bezining lat yeyishidan xulosa qilish mumkin-ki, ushbu jarohatlar — qorinning oldi tomonidan yetkazilgan zarba natijasi boʻlishi mumkin", — taʼkidladi ekspert.

Lochinovning soʻzlariga koʻra, J. Ibrohimov olgan tan jarohatlari ogʻirlik darajasi boʻyicha, tibbiy yordam koʻrsatilishidan qatʼiy nazar, hayot uchun xavfli tan jarohati belgilariga ega.

Lochinov, shuningdek, sudlanuvchi kursisida oʻtirgan Islombek Toʻlaganovning "Ushbu jarohatlarni olgan Jasur oʻz oyoqlari bilan uyigacha yurib borishi mumkinmidi?" degan mazmundagi savoliga "Ha, bu birdaniga oʻlimga olib keladigan jarohat emas", deya javob berdi.

Eslatib oʻtamiz, bundan oldingi sud eshittiruvida Jasur Ibrohimovni davolagan vrachlar koʻrsatmasi tinglangan edi.

2-sonli shahar bolalar jarrohlik shifoxonasi bosh vrach yordamchisi Tohir Hasanov 3 may kuni tungi navbatchilikda boʻlganida kasalxonaga ogʻir ahvolda olib kelingan Jasur Ibrohimovni koʻrikdan oʻtkazganini va unga qoʻshma jarohat — bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi tashxisi qoʻyganini aytgan edi.

Bundan tashqari Ibrohimovning peshona sohasida koʻkarish, boʻyni, koʻkrak qafasining old qismi, qornining old tomonida qizarishlar, yumshoq toʻqimalarning ezilishi, teri osti gematomalari va qontalashlar, shilinishlar, kindikning yuqori qismida tufli iziga oʻxshash uzunchoq shaklda iz borligi kuzatilgan.

Mavzu:
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (30)

Asosiy mavzular