14:36 24 Oktyabr 2017
Efir
Zagotovka sena v fermerskom xozyaystve

Fermerlar uchun yangi qonun: yo ishla, yo yerni boʻshat

© Sputnik/ Vitaliy Timkiv
Yangiliklar
Havola olish
1359 0 0

2022 yilning 1 yanvaridan boshlab koʻp tarmoqli faoliyatni yoʻlga qoʻymagan fermer xoʻjaliklari bilan yer ijarasi shartnomalari qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinadi

TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Hukumat portali Oʻzbekiston prezidentining "Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmonini eʼlon qildi.

Hujjatga muvofiq, 2018 yil hosilidan boshlab joriy etiladigan yangi tartiblarga koʻra:

fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi har chorakda xalq deputatlari tuman Kengashlarida, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi har oyda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida muhokama qilib boriladi;

yer maydonlaridan samarasiz foydalangan, qishloq xoʻjaligi ekinlarini toʻliq ekmagan, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirmagan fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga nisbatan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishigacha boʻlgan qatʼiy javobgarlik choralari koʻriladi.

Hujjatda 2018-2021 yillarda fermer xoʻjaliklarini bosqichma-bosqich koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga aylantirilishi taʼkidlangan. 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab koʻp tarmoqli faoliyatni yoʻlga qoʻymagan fermer xoʻjaliklari bilan yer ijarasi shartnomalari qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Z.Mirzayev, J.Qoʻchqorov) har yili fermer xoʻjaliklarini bosqichma-bosqich koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga aylantirish boʻyicha fermer xoʻjaliklari kesimida hududiy dasturlarning ishlab chiqilishini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlarida tasdiqlanishini taʼminlaydi va hududiy dasturlar asosida ishlab chiqilgan respublika miqyosidagi dasturlarni koʻrib chiqish va maʼqullash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga kiritadi.

Asosiy mavzular