Toshkentda ikki qop marixuanani sotishga shaylangan yoshlar qo‘lga olindi

© Sputnik / Oleg Lastochkin / Mediabankka o‘tishIzyatie marixuani
Izyatie marixuani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Denovlik shaxs IIB tezkor xodimlari tomonidan 2 kilogrammdan ziyod marixuanani qadoqlab sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Joriy yilning 3-oktabriga o‘tar kechasi Olmaliq shahrida yashovchi uch nafar (19, 25, 27 yoshdagi) shaxs 2 ta qopga joylangan, 30 kilogramm 773 gr. marixuana bilan qo‘lga tushdi, deb xabar bergan O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi.

Izyatie marixuani - Sputnik O‘zbekiston
Andijonda 21 kilo marixuana sotgan "bog‘bon" qo‘lga olindi
Xabarda aytilishicha, yoshlar giyohvand moddani VAZ-2109 rusumli avtomashina ichiga ortib ketayotgan bo‘lgan.

O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati shuningdek, Surxondaryo viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan marixuanani gugurt qutilarga qadoqlab sotayotgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar bergan.

"O‘zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 1-oktabr kuni, Surxondaryo viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan Denov tumanida yashovchi muqaddam sudlangan 49 yoshli shaxs marixuana giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida ushlangan", — deyiladi xabarda.

Erkakning uyidan gugurt qutilariga hamda qog‘oz parchalariga qadoqlangan jami 2 kg. 77 gr. marixuana giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Yangiliklar lentasi
0