13:59 16 Dekabr 2017
Efir
Zasedaniye po delu ob izbiyenii Jasurbeka Ibragimova

Jasur Ibrohimov ishi: Zemfira, kutilmagan guvoh va hammasini koʻrgan usta

© Sputnik/
Yangiliklar
Havola olish
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (30)
489600

Yettinchi sud majlisida marhum Jasurning doʻsti Firdavs, Jasurga qaragan hamshira va boshqa guvohlar koʻrsatma berdi

TOSHKENT, 12 okt – Sputnik. Bugun Jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudida Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji talabasi Jasur Ibrohimovning oʻlimi yuzasidan yettinchi sud majlisi boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Sud majlisida marhum Jasurning doʻsti Firdavs Farhod oʻgʻli koʻrsatma berdi.

Eslatib oʻtamiz, oltinchi sud majlisida guvohlik bergan Dilshod Abdullayev janjalga Jasur uning tutingan singlisi Gabrielaga gap otib, tegajogʻliq qilib yurganini eshitgach, u bilan "erkakchasiga" gaplashib olishni maqsad qilgani sabab boʻlganini bildirgandi.

Bugun sudda koʻrsatma bergan Firdavs Dilshod aslida yolgʻon koʻrsatma berganini maʼlum qildi.

Firdavsning aytishicha, 2 may kuni Jasur 1-kurs talabasi boʻlgan Zemfira ismli qizning oldiga borgan va u bilan tanishmoqchi boʻlgan. Qiz dastlab unga roʻyxushlik bergandek boʻlgan, soʻngra esa "akamga aytaman" deb Dilshod Abdullayevni chaqirgan.

Shundan soʻng Dilshod Jasurni yakkama-yakka gaplashib olishga chaqirgan hamda Islom va bir guruh yigitlar ham u bilan birga toʻplanishgan. Firdavsning koʻrsatma berishicha, Dilshod va Jasur oldinda ketishayotganida Islom yigitlarning ichida turib Jasurni "On bolnoy" deb atagan va kalaka qilib kulgan.

Eslatib oʻtamiz, Dilshod Abdullayev sud davomida prokuraturada bergan koʻrsatmalarining koʻpini oʻzgartirgan, xususan,oldinroq Islombek "On bolnoy dedi", deb maʼlumot bergan boʻlsa, keyin men bunday deb aytmaganman, Islombek "Jasurning travmasi bor", degan deb turib olgandi.

Firdavsdan soʻng Jasur olib borilgan shifoxonada ishlaydigan hamshira Siddiqovaning koʻrsatmalari tinglandi.

Hamshiraning aytishicha Jasur janjal tugay deb qolganida kimdir orqasidan kelib, tepki aralash doʻpposlab ketganini, keyin yigitlar koʻpchilik boʻlib uni kaltaklashgani haqida gapirib bergan. Jasur oʻshandan soʻng "hushimni yoʻqotdim", deb aytgan.

"Nega bu haqda ilk tergov davomida koʻrsatmalaringizda maʼlum qilmadingiz", — degan savolga Siddiqova "Men bu haqda ilk tergov davrida ham aytib bermoqchi boʻldim, ammo bosh tergovchi "ishni tezlashtir, qolganini sudda gapirasan" deyavergach, meni soʻroq qilib turgan kishi soʻzlarimni oxirigacha tinglamadi, dedi u.

Shuningdek, oʻsha kuni voqea joyidan uzoq boʻlmagan hududda taʼmirlash ishlari bilan shugʻullangan parkentlik hunarmand usta Miravlo Temirov ham sudda guvohlik berdi.

Svidetel obʼyasnyayet materi Jasura Ibragimova gde on naxodilsya vo vremya draki
Sputnik
Guvoh Jasur Ibrohimovning onasiga janjal yuz bergan vaqtda qayerda boʻlganligini tushuntirmoqda

U 3 may kuni 145-maktab yonida joylashgan MXX binosi oldida ishlayotgan boʻlgan.

"Xaper sepayotgandim, 5-6 yigit asfalt koʻchadan kirib keldi. Oldimdan oʻtishdi. Keyin qarasam maykasini yechib urushgani tayyor turgan ekan, birinchi hazillashishayapti, urushmasa kerak, deb oʻyladim. Men ishni boshladim, bir vaqt qarasam bolalardan biri, keyin bilsam Jasur ekan (tergov davomida rasmlarini koʻrib tanidim) yerda yotibdi ekan. Qoʻlini koʻtardi, shunda bolalar ajratib tashladi.

Bekor qildilaring dedim urushmanglar degandim, ularning hech biri gapimga quloq solmadi.

Yigitlardan biri suv olib kelib, yiqilgan bolani oʻziga keltirdi. Kyeyin sal nariroqqa borib, Jasur bilan Islom bir-biri bilan kalla urishtirib xayrlashdi”, dedi Temirov.

Ustaning aytishicha, urush boshlanganda Jasur bilan Islom bir-birining "basharasiga" urib tashlashgan.

Temirovning taʼkidiga koʻra, ikki yigit oʻrtasidagi urush uzogʻi bilan 7 daqiqacha boʻlgan.

Maʼlumot uchun, usta va bolalar oʻrtasidagi masofa taxminan 20 metrni tashkil qilgan.

Mavzu:
Toshkentda kollej talabasining urib oʻldirilishi (30)

Asosiy mavzular