Toshkent yuridik kollejining sobiq direktoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

© Foto : Natalya Temirova / minjust.uzProkuratura zavela ugolovnoe delo na rukovodstvo Tashkentskogo yuridicheskogo kolledja
Prokuratura zavela ugolovnoe delo na rukovodstvo Tashkentskogo yuridicheskogo kolledja - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
6 oktabr kuni mazkur kollejda o‘quvchilar janjallashi oqibatida bir o‘quvchi kollejning ikki o‘quvchisiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan, o‘quvchilardan biri shifoxonada ko‘z yumgandi

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Toshkent yuridik kollejining sobiq direktori Natalya Temirova va boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB da "Profilaktika kuni" munosabati bilan o‘tkazilgan brifing davomida Toshkent shahar prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i adliya katta maslahatchisi B.A.Dehqonov ma’lum qildi.

"Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Toshkent yuridik kolleji direktori lavozimida xizmat qilgan Temirova va boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda", deb xabar qildi Sputnik muxbiri prokuratura vakiliga asoslanib.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent yuridik kolleji direktori qator ayblovlar bilan ishdan bo‘shatildi

Eslatib o‘tamiz, 6-oktabr kuni mazkur kollejda o‘quvchilar janjallashi oqibatida bir o‘quvchi kollejning ikki o‘quvchisiga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan, o‘quvchilardan biri shifoxonada ko‘z yumgandi.

Ushbu voqeadan so‘ng O‘zbekiston adliya vazirligi matbuot xizmati Toshkent yuridik kolleji direktori Natalya Temirova "2-darajali adliya maslahatchisi" maxsus unvon-martaba darajasidan mahrum qilinib, egallab turgan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar qildi.

Xabarda bildirilishicha, adliya vazirining buyrug‘iga asosan Toshkent yuridik kolleji o‘qituvchilarining murojaati yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

Xizmat tekshiruvi davomida Toshkent yuridik kolleji faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirishda N.Temirova tomonidan kadrlarni ishga qabul qilishda qarindosh-urug‘chilikka yo‘l qo‘yilganligi, xodimlarni ishga qabul qilish, ishda qoldirishda ta’magirlik va qonunbuzilishlar mavjudligi, xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari asossiz qo‘llanilganligi, kadrlar qo‘nimsizligi yildan-yilga oshib borganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, o‘quv jarayonida hamda bitiruvchilarga diplom berishda qonunchilik talablari buzilgan, ish yuritish va ijro intizomi masalasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashilgan, topshiriq va ko‘rsatmalarning tizimli ravishda bajarilmagan hamda boshqa bir qator qo‘pol xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0