14:44 23 Oktyabr 2017
Efir
Samolet Uzbekskix avialiniy Dreamliner (Boeing 787)

Vladimirdagi avariya: soʻnggi qurbon tanasi Oʻzbekistonga olib kelindi

Sputnik
Yangiliklar
Havola olish
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)
382 0 0

FVV xabariga koʻra vafot etgan J.Usmonov FVVning maxsus avtotransportida Surxondaryo viloyatiga olib ketilgan

TOSHKENT, 13 okt — Sputnik. 2017 yilning 12 oktyabr kuni "Oʻzbekiston havo yoʻllari" MAKning samolyotida Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida sodir boʻlgan YTH oqibatida vafot etgan Oʻzbekiston fuqarosi J.Usmonovning jasadi Toshkentga olib kelindi, deb xabar qildi Oʻzbekiston FVV matbuot-xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, vafot etgan J.Usmonov FVVning maxsus avtotransportida Surxondaryo viloyatiga olib ketilgan.

2017 yil 6 oktyabr kuni Moskva vaqti bilan soat 03:39da Vladimir viloyatining, Petushin tumanidagi Pokrov temir yoʻl stantsiyasida poyezd va avtobus toʻqnashuvi sodir boʻlgan.

YTH natijasida 16 nafar Oʻzbekiston fuqarolari vafot etgan, ulardan 15 nafarining jasadlari 2017 yilning 8 oktyabr kuni Oʻzbekiston Harbiy havo kuchlarining maxsus bortida respublika hududiga olib kelingan edi.

Mavzu:
Vladimirdagi avtobus fojiasi (18)

Asosiy mavzular