18:16 13 Dekabr 2017
Efir
Sputnik

Sputnik XIX butunjahon yoshlar va talabalar festivalini qoʻllab-quvvatlaydi

Sputnik
Yangiliklar
Havola olish
54 0 0

Agentlik mazkur tadbirning xalqaro axborot hamkori sifatida qatnashadi. Sputnik stendida ishtirokchilar festival yangiliklari, Rossiya va dunyo xabarlari bilan tanishishlari mumkin boʻladi

TOSHKENT, 13 okt – Sputnik. Sputnik xalqaro informatsion agentligi va radiosi Sochida 14-22 oktyabr kunlari boʻlib oʻtadigan XIX butunjahon yoshlar va talabalar festivalini batafsil yoritib boradi. Agentlik mazkur tadbirning xalqaro axborot hamkori sifatida qatnashadi. Sputnik stendida ishtirokchilar festival yangiliklari, Rossiya va dunyo xabarlari bilan tanishishlari mumkin boʻladi.

Hafta davomida Sputnik axborot stendida faoliyat yurituvchi radiostudiya efirida siyosatchilar, artistlar, jahon miqyosidagi sportchilar hamda global muammolarga nisbatan oʻz qarashiga ega yoshlar chiqishlar qiladilar.

Festival yangiliklari hamda xalqaro xabarlar bilan onlayn rejimida ishlovchi maxsus videodevorda tanishish mumkin boʻladi. Sputnikning jahonning turli nuqtalarida joylashgan 15ta xalqaro tahririyati axborotlar bilan taʼminlab boradi.

XIX butunjahon yoshlar va talabalar festivali 14-22 oktyabr kunlari Sochida boʻlib oʻtadi va 180dan ortiq mamlakatning 18 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan 20 ming nafar yosh professionallarini jamlaydi.

Sputnik (sputniknews.com) — oʻnlab mamlakatlarda multimedia xablariga ega boʻlgan xalqaro agentlik va radio. Sputnik 30dan ortiq tilda (ingliz, arab, ispan, italyan, xitoy, polyak, portugal, serb, turk, frantsuz, hind, oʻzbek, qirgʻiz, tojik) oʻz saytlariga ega, jahonning 80dan ortiq shahrida analog va raqamli radioeshittirishlar olib boradi, mobil ilovasi va ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari mavjud.

Asosiy mavzular