06:47 24 Noyabr 2017
Efir
Voditelskiye prava novogo obraztsa

Yangi haydovchilik guvohnomasi jahon standartlari talablariga javob beradi - YHXB

© Sputnik/ /Stringer
Yangiliklar
Havola olish
88562

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari 2021 yilning oktyabriga kelib amal qilish kuchini yoʻqotadi. Ayni vaqtda Toshkent shahrida yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari berilishi boshlangan. Viloyatlarda bu ish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi

TOSHKENT, 19 okt — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Joriy yil oktyabr oyidan boshlab berilayotgan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari jahon standartlari talablariga javob beradi, dedi jurnalistlarga payshanba kuni oʻtkazilgan brifingda Toshkent shahar IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot-xizmati xodimi.

Yangi namunadagi guvohnomalar maxsus himoya vositalariga hamda maʼlumotlarni bevosita aloqasiz amalga oshirish imkonini beruvchi maxsus elektron belgilariga (NFC Smart-kart) ega boʻlib, ularda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSH SHIR), yuridik shaxslar uchun esa soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) saqlanadi.

"Joriy yil mart oyida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yangi turdagi milliy haydovchilik guvohnomasini qabul qilish haqidagi qarori eʼlon qilingan edi. Mazkur qaror asosida joriy yil oktyabr oyidan haydovchilik guvohnomasi berilishi boshlandi. Guvohnoma narxi eng kam ish haqining 70 %i miqdorida, yaʼni 104 842 soʻm 50 tiyinni tashkil qiladi", — dedi brifing davomida Toshkent shahar IIBB YHXBBB matbuot-xizmati xodimi.

Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun fuqarodan pasport, tibbiy maʼlumotnoma, haydovchilik kurslarini tugatganligi toʻgʻrisida hujjat hamda eski haydovchilik guvohnomasini olib borish talab etiladi. Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi 2021 yilning oktyabr oyigacha amal qiladi.

Taʼkidlash joizki, birinchi bosqichda yangi turdagi haydovchilik guvohnomalari yangi haydovchilarga (bitiruvchilarga) Fayzobod dahasidagi Mirobod tumani IIBBning roʻyxatga olish va imtihon olish boʻlimida beriladi. Ikkinchi bosqichda Yunusobod va Chilonzor tumanidagi IIBB boʻlimlari ham maxsus kommunikatsya texnologiyalari bilan jihozlanishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular