14:09 16 Dekabr 2017
Efir
Nachalnik GUVD Tashkenta Kurbanov Baxodir

General-mayor Qurbonov: Militsiya - eng olijanob kasb!

GUVD
Yangiliklar
Havola olish
126121

Bugun Toshkent shahridagi Ichki ishlar vazirligi madaniyat saroyida 25 oktyabr - Ichki ishlar xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 25 okt — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Oʻzbekiston prezidenti topshiriqlari asosida ichki ishlar tizimida tub islohotlar amalga oshirildi, Oʻzbekiston IIV dunyoning eng rivojlangan davlatlari ichki ishlar tizimlari sifatida shakllantirilmoqda, dedi Toshkent shahar IIBB boshligʻi general-mayor Bahodir Qurbonov kasb bayrami munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali tadbir davomida.

Qurbonov oʻz nutqi davomida prezident tomonidan alohida eʼtibor, ichki ishlar organlari xodimlarining ijtimoiy muhofazasi sohasiga qaratilib, bu borada ichki ishlar organlari xodimlariga munosib shart-sharoit yaratib berish dolzarb vazifa etib belgilanligini taʼkidlab oʻtdi.

Toshkent shahar IIBB boshligʻi oʻz xizmat vazifasini bajarishda, sadoqat, alohida jonbozlik koʻrsatgan xodimlarga Oʻzbekiston IIV rahbari Poʻlat Bobojonov buyrugʻiga asosan unvon va faxriy yorliqlarni, shuningdek, qimmatbaho esdalik sovgʻa — IIV qoʻl soati va uyali aloqa telefonlarini topshirdi.

IIBB rahbari mukofotlanganlarga kelgusi ishlarida omad tilab, toʻplanganlarga sharafli va shu bilan birga masʼuliyatli kasblarida omadlar tiladi.

"Militsioner kasbi — olijanob kasb. Bu kasbni sevgan inson hech qachon kam boʻlmaydi. Men sizlarga ustozlarimiz aytgan bir gapni aytib oʻtay. Nafaqaga chiqamiz-a, bu eng katta yutuq. Nafaqaga chiqqanimizda farzandlarimiz bizdan: "Ota siz nima qildingiz shu davlat uchun, mahallamiz uchun, oilamiz uchun?" deb savol berganida, "Men gazandani ushlaganman, men jinoyatchini qamaganman, men kishilarning ogʻirini yengil qilganman", deya olijanob javob berish qobiliyatga egasiz. Bu qobiliyatni hech qachon boy bermaylik, Prezidentimizni, xalqimizni ishonchini hech qachon yoʻqotmaylik", — dedi general-mayor Qurbonov.

IIBB rahbari oʻz nutqi davomida, shuningdek, yaqin kelajakda barcha ichki ishlar boʻlimlariga 70ta "Damas" avtoulovlarini xarid qilish va ularni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash rejalashtirilayotganini maʼlum qildi.

Asosiy mavzular