16:51 21 Noyabr 2017
Efir
Vladimir Kolokoltsev i Pulat Bobojonov obsudili voprosы sotrudnichestva

Oʻzbekiston va Rossiya IIVlari jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashadi

© Press slujba MVD RF
Yangiliklar
Havola olish
191 0 0

Oʻzbekiston IIV rahbari Bobojonov hamkasbi Kolokoltsevga hamkorlikdagi Oʻzbek-rossiya idoralararo Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhining faoliyatini shaxsan monitoring qilishga vaʼda berdi

TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor Poʻlat Bobojonov Moskvada rossiyalik hamkasbi politsiya generali Vladimir Kolokoltsev bilan uchrashuv oʻtkazdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Hukumat portali.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbarining rasmiy tashrifi Rossiya huquq idorasining kasbiy bayrami kuniga toʻgʻri keldi. Rossiya Federatsiyasi IIVda boʻlib oʻtgan muzokara chogʻida, general-mayor Bobojonov Rossiya ichki ishlar vaziri Kolokoltsevni va vazirlikning barcha shaxsiy tarkibini Ichki ishlar organlari xodimlari kuni va sovet militsiyasi tashkil topganining 100 yilligi bilan qutladi va bayramga bagʻishlangan tantanali tadbirga taklifi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Bobojonov ikki mamlakat vazirliklari oʻrtasida toʻliq hajmda erishilgan oʻzaro ishonchni soʻzsiz qoʻllab-quvvatlashga rossiyalik hamkasblarni ishontirgan holda, hamkorlikdagi Oʻzbek-rossiya idoralararo Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhining faoliyatini shaxsan monitoring qilishga vaʼda berdi.

Shuningdek, Oʻzbekiston ichki ishlar vaziri, ular rahbarliklaridagi tashkilotlarning jinoyatchilik, ayniqsa, terrorizm, narkotik vositalarning noqonuniy aylanishi, odam savdosi kabi transmilliy jinoyat turlariga qarshi birgalikda kurashishni kuchaytirish maqsadida, tezkor maʼlumotlar almashinuvini oshirishga yoʻnaltirilishini taʼkidladi.

Bobojonov oʻz nutqida, aynan 2017 yilda mamlakatlar huquq tartibot idoralari oʻrtasida ikki tomonlama oʻzaro hamkorlik yangi rivojlanishga turtki boʻlganligini taʼkidladi.

Transmilliy jinoyatchilik va noqonuniy migratsiyaga qarshi harakatlar yuzasidan oʻzaro manfaatli hamkorlikning mustahkamlanishi va kengayishi 2017-2018 yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston va Rossiya ichki ishlar vazirliklari oʻrtasidagi hamkorlik harakatlari Bayonini imzolashga asos boʻldi. Eslatib oʻtamiz, ushbu hujjatni imzolash joriy yilning may oyida V.Kolokoltsev boshchiligidagi Rossiya IIV delegatsiya aʼzolarining tashrifi doirasida boʻlib oʻtgan. Bunda ikki mamlakat vazirligi rahbarlari Oʻzbekiston IIVda Rossiya IIV vakolatxonasini hamda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish va mehnat migratsiyasi masalalarini hal qilish yuzasidan Oʻzbek-Rossiya ishchi guruhini tashkil etish zarurligini muhokama qilgan edilar.

Oʻzaro ishonch va hamjihatlik ruhida oʻtgan muloqot chogʻida, ikki mamlakat huquq-tartibot idoralari rahbarlari kelgusidagi hamkorlik yuzasidan boshqa masalalarni ham muhokama qildilar.

Asosiy mavzular