16:46 21 Noyabr 2017
Efir
Mediaforum Konstruktivnaya jurnalistika v kontekste regionalnыx i globalnыx trendov, kotorыy proxodil v gorode Yekaterinburge

Oʻzbekistonda yana bitta oliy taʼlim muassasasi tashkil qilinishi mumkin

© Novosti Uzbekistana
Yangiliklar
Havola olish
76910

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 noyabr kuni oʻtkazgan yigʻilishda kadrlar tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratgan edi

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda yana bitta oliy taʼlim muassasasi tashkil qilinishi mumkin, deb xabar bergan "Xalq soʻzi" nashri.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 13 noyabr kuni geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish, mineral-xomashyo va qimmatbaho metallar resurs bazasi hamda ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish boʻyicha muhim strategik loyihalarni amalga oshirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda kadrlar tayyorlash masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Jumladan, sohani zamonaviy mutaxassislar bilan taʼminlash uchun Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzurida ixtisoslashgan oliy taʼlim muassasasi tashkil etish, unda ilmiy izlanishlarga katta ahamiyat qaratish, ishlab chiqarish korxonalari va taʼlim tizimi oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligi taʼkidlandi.

Asosiy mavzular