16:50 21 Noyabr 2017
Efir
Portfel

Sherobod hokimi qarzdorlik uchun ishdan olindi

Sputnik / Vladimir Fedorenko
Yangiliklar
Havola olish
41830

Sherobod hokimi tumanda komunnal qarzdorlik yuqori holatda saqlanib qolayotgani, tumanning eksport salohiyati pastligi hamda murojaatlarga tushuntirish berish bilan cheklangani uchun ishdan olindi

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Sherobod tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Abdulxakim Eshmuratov lavozimidan ozod etildi.

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov oʻzining Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasi orqali xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, joriy yilning 9 oyi davomida fuqarolardan tushgan murojaatlarning 80 foiziga faqatgina tushuntirish berilgan, mutasaddi idoralarda murojaatlar bilan ishlash, masalani hal etishning ahvoli qoniqarsiz.

Shuningdek, aholining kommunal toʻlovlardan qarzdorligi yuqori darajada saqlanib qolayotgani, ichki yoʻllarni taʼmirlash, tumanning eksport salohiyati past ahvolda ekani, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xoʻjaligida agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida olib borilmayotgani tuman iqtisodiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgani qayd etildi.

Shu tufayli tuman hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Abdulxakim Eshmuratov lavozimidan ozod etildi.

Faollar, deputatlar, siyosiy partiyalar vakillarining taklif va mulohazalari inobatga olinib, uning oʻrniga shu kunga qadar Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Oʻrol Abrayqulovich Boboqulov tasdiqlandi.

Asosiy mavzular