16:46 21 Noyabr 2017
Efir
Prepodavatel v auditorii shkolы

Toshkent yuridik kollejini maxsus komissiya tekshiradi - Vazirlar Mahkamasi qarori

© Sputnik/ Said Tsarnayev
Yangiliklar
Havola olish
240 0 0

Oʻquv intizomi va kollej ichki tartib-qoidalarini buzganligi, shu jumladan semestr davomida uzrsiz sabablarga koʻra darslarni 74 soatdan ortiq vaqt qoldirgani, shuningdek, odob-axloq qoidalarini buzgan oʻquvchi Toshkent yuridik kollejidan chetlashtirilishi belgilab qoʻyildi.

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. Toshkent yuridik kolleji faoliyatini oʻrganish va uni takomillashtirish boʻyicha komissiya tashkil etildi, kollej faoliyati tubdan takomillashtiriladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri. 

Bu haqda Toshkent yuridik kollejida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning mazmunini tubdan takomillashtirish maqsadida 2017 yil 10 noyabrda Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Komissiyaga bir oylik muddatda kollejning rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda kollejni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka, professional tayyorgarlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boshqaruv va pedagog kadrlar bilan toʻldirish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, qarorga muvofiq kollejdagi muhitni sogʻlomlashtirish va mavjud muammolarning tezkor yechimini topish maqsadida Toshkent yuridik kolleji faoliyatini oʻrganish va uni takomillashtirish boʻyicha komissiya tashkil etildi.

Komissiyaga bir oylik muddatda kollejning rahbar va pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda kollejni zamonaviy talablarga javob beradigan, yuksak malaka, professional tayyorgarlik va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarga ega boshqaruv va pedagog kadrlar bilan toʻldirish vazifasi topshirildi.

Shuningdek, qaror bilan Toshkent yuridik kolleji Toshkent davlat yuridik universiteti tasarrufiga oʻtkazildi.

Shu bilan birga, qarorga muvofiq Toshkent yuridik kollejida oʻquv jarayonini tubdan yaxshilash, oʻquvchilarni oʻqitish sifatini, maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash, ularning huquqiy madaniyati va ongini oshirish, shuningdek, kollejning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha Tadbirlar rejasi ham tasdiqlandi.

Qarorda oʻquvchilar qonun hujjatlarida belgilangan tartib bilan bir qatorda, oʻquv intizomi va kollej ichki tartib-qoidalarini buzganligi, shu jumladan semestr davomida uzrsiz sabablarga koʻra darslarni 74 soatdan ortiq vaqt qoldirgani, shuningdek, odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun ham Toshkent yuridik kollejdan chetlashtirilishi belgilab qoʻyildi.

Bundan tashqari, qarorda Toshkent davlat yuridik universitetiga universitetning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan kollej uchun oʻquv-laboratoriya uskunalari, sarflash materiallari, kompyuter texnikasi, darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari, yengil avtotransport vositalari sotib olish, shuningdek, kollej xodimi va oʻquvchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash huquqi berildi.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq Toshkent yuridik kolleji oʻqituvchilarining murojaati yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilgani va buning natijasida Toshkent yuridik kolleji direktori Natalya Temirova "2-darajali adliya maslahatchisi" maxsus unvon-martaba darajasidan mahrum qilinib, egallab turgan lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.

Xizmat tekshiruvi davomida Toshkent yuridik kolleji faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirishda N.Temirova tomonidan kadrlarni ishga qabul qilishda qarindosh-urugʻchilikka yoʻl qoʻyilganligi, xodimlarni ishga qabul qilish, ishda qoldirishda taʼmagirlik va qonunbuzilishlar mavjudligi, xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari asossiz qoʻllanilganligi, kadrlar qoʻnimsizligi yildan-yilga oshib borganligi aniqlangan.

Asosiy mavzular