16:41 21 Noyabr 2017
Efir
Tsentralnыy bank Respubliki Uzbekistan

Tijorat banklarining chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish litsenziyalari tugatildi

© Baxodыr Mamadjanov
Yangiliklar
Havola olish
22820

Tijorat banklarining chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalarining amal qilishi tugatildi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalari qayta rasmiylashtirib berildi.

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. Markaziy bank tijorat banklariga xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha litsenziya berish amaliyoti bekor qildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot-xizmati xabar qildi.

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi "Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori hamda 2017 yil 2 sentyabrdagi "Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida"gi qonunning 17-moddasiga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvining tegishli qarorlari bilan mamlakatimizdagi barcha tijorat banklarining chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyalarining amal qilishi tugatildi va bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalari qayta rasmiylashtirib berildi.

Bundan oldin Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga "Tijorat banklariga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish qoidalari"ga muvofiq Bosh litsenziya, "Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida"gi Nizomga asosan milliy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berilar edi.

"Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmon talablariga muvofiq tijorat banklariga xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha litsenziya berish amaliyoti bekor qilindi.

Tijorat banklarining xorijiy valyuta bilan operatsiyalari bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida amalga oshirilishi belgilandi.

Asosiy mavzular