O‘zbekistonda qotillik va bezorilik jinoyatlari kamaydi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Joriy yilning 10 oyi mobaynida umumiy jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 15-noyabr kuni huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor davomida ma’lum qilindi, deb xabar qildi  Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Yig‘ilishda har haftaning payshanba kuni — "Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni" etib belgilanganligi joylarda o‘zining ijobiy samarasini berayotgani qayd etildi.

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimi tubdan isloh qilinadi
Ta’kidlanishicha, joriy yilning 10 oyi mobaynida umumiy jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14 %ga, shundan talonchilik 16 %ga, bosqinchilik — 19 %ga, qotillik — 21 %ga, tovlamachilik — 22 %ga, bezorilik — 34 %ga kamayishiga erishildi.

Shuningdek, ayollar o‘rtasida jinoyat sodir etish holatlari 16 foizga, yoshlar o‘rtasida 14 foizga, voyaga yetmaganlar o‘rtasida 17 foizga kamaydi.

Aholi va jamoatchilik bilan yaqin hamkorlik va muloqot o‘rnatilgani natijasida 1 ming 243 mahallada bironta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Uyma-uy yurib aholi muammolarini o‘rganish natijasida 22 ming 370 oilaning notinchligiga barham berildi, 11 ming 345 yosh oila ajrashib ketishdan saqlab qolindi, mahalla posbonlarining tezkor xabarlari yordamida 4 ming 494 jinoyat fosh etildi.

Yangiliklar lentasi
0