Prezident jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishga ko‘rsatma berdi

© AP Photo / Misha JaparidzeUzbekskie militsioneri
Uzbekskie militsioneri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, joriy yilning dastlabki 10 oyida sodir etilgan qotillik jinoyatlarining 165 tasi er-xotin va qaynona-kelinlar o‘rtasida, 66 tasi qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida oddiygina maishiy kelishmovchiliklar oqibatida kelib chiqqan.

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. 15 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektor davomida O‘zbekiston prezidenti ichki ishlar organlariga  har bir hududning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda, tumanlar kesimida jinoyatlarning oldini olish borasida alohida chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish yuzasidan ko‘rsatma berdi.

O‘zbekistonda qotillik va bezorilik jinoyatlari kamaydi
Huquqbuzarliklar o‘z-o‘zidan sodir etilmaydi. Asosiy masala huquqbuzarliklarning oqibatlari bilan kurashish emas, balki barvaqt oldini olish, sodir etishga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni o‘z vaqtida bartaraf etishdan iboratdir.

Bu masalada hududlarda yangi ish o‘rinlari tashkil qilish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga eng asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekistonda 11 erkin iqtisodiy zona va 5 sanoat zonasi tashkil etildi. Kichik sanoat zonalarining soni 90 taga yetkazildi. Bu yil yangidan tashkil etilgan korxonalarda 7 ming 500 ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirildi, 650 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.

Mirziyoyev amalga oshirilgan ijobiy ishlar bilan birga ayrim hududlarda jinoyatlarni sezilarli kamaytirishga erishilmagani, ba’zi jinoyat turlari oshgani kabi kamchiliklarni keskin tanqid qildi.

Xususan, Toshkent shahri, Jizzax, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari mutasaddi rahbarlariga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ko‘rsatilib, ularni bartaraf etish borasida aniq topshiriqlar berildi.

O‘zbek militsiya xodimlari - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev militsiya xodimlari nega xalqqa yaqinlashtirilganini tushuntirdi
Qator mahallalarda profilaktik tadbirlarning samaradorligi yetarli darajada ta’minlanmagani, huquq-tartibot idoralarining jamoatchilik bilan hamkorligi talab darajasida yo‘lga qo‘yilmagani, bu esa ayrim turdagi og‘ir jinoyatlar sodir etilishiga sabab bo‘lgani aniq raqam va misollar asosida tahlil qilindi.

Tahlillarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki 10 oyida sodir etilgan qotillik jinoyatlarining 165 tasi er-xotin va qaynona-kelinlar o‘rtasida, 66 tasi qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasida oddiygina maishiy kelishmovchiliklar oqibatida kelib chiqqan.

Yig‘ilishda mahallalarda faoliyat yuritayotgan posbonlar haqida so‘z borar ekan, ko‘p hollarda ularning salohiyati, bilim va malakasi talabga javob bermasligi, bunday vazifaga fidoyi yoshlar safarbar etilmayotgani, rag‘batlantirish mexanizmlari ishlab chiqilmagani sababli huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda posbonlar ishtiroki sezilmayotgani ta’kidlandi. Shundan kelib chiqqan holda, "Mahalla posboni" jamoatchilik tuzilmasi faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqib, uning ish samaradorligini oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Yangiliklar lentasi
0