Samarqandda sakkiz polosali yo‘llar paydo bo‘ladi

© Yuriy Korsunsev / «Gazeta.uz»Ulitsa
Ulitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avtomobillar oqimi ko‘payganligi va yo‘llarda tirbandliklar soni oshib borayotgani munosabati bilan ayni vaqtda Gulobod, Bo‘ston Saroy, Ibn Sino, Vohid Abdulla ko‘chalarini kengaytirish ustida ish olib borilmoqda

TOShKENT, 21 noya — Sputnik. Samarqand shahrida sakkiz polosali yo‘llar paydo bo‘ladi, deb xabar qilmoqda "STV" nashri.

Ayni vaqtda Samarqand shahrida shaharning transport va ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash loyihalari ustida ish olib borilmoqda. Ayniqsa, markaziy ko‘chalarni modernizatsiyalash ishlari jadallik bilan bormoqda.

Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Samarqand rahbarlariga zo‘r takliflar kiritdi
Avtomobillar oqimi ko‘payganligi va yo‘llarda tirbandliklar soni oshib borayotgani munosabati bilan ayni vaqtda Gulobod, Bo‘ston Saroy, Ibn Sino, Vohid Abdulla ko‘chalarini kengaytirish ustida ish olib borilmoqda.

Yo‘llar chetlarida ekilgan eski daraxtlar ildizi bilan sug‘urib tashlangan, ular o‘rnini tez o‘sadigan ko‘rkam ko‘chatlar egallashi rejalashtirilgan.

Xalqaro aeroport tomoniga keladigan bo‘lsak, deb yozadi nashr, rejaga ko‘ra, u yerda sakkiz polosali yo‘l tushishi belgilangan. Aeroport yo‘li ikki yondan 16 metrga kengaytiriladi, natijada yo‘l kengligi 32metrni tashkil qiladi.

Loyiha mualliflari so‘zlariga ko‘ra, avtomobil yo‘llarining ikki yon qismlarida beton lotoklar o‘rnatiladi. Shuningdek, piyodalar uchun yo‘lakchalar ham barpo etiladi.

Qurilish ishlari jarayonida ko‘plab archa daraxtlari nobud bo‘lmoqda. Yetakchi botaniklar o‘tkazgan tadqiqotlarga ko‘ra, Samarqand shahrida mavjud 6 mingga yaqin archa va chinor daraxtlaridan ikki mingdan ortig‘i zararlangan bo‘lib, talabga javob bermas ekan.

Yangiliklar lentasi
0