O‘zbek militsiyasi rahbariyati har uch yilda almashadi - Mirziyoyev yangi qarorni imzoladi

Obuna bo‘lish
Umumiy va serjantlar tarkibi, shuningdek ayollar uchun xizmat ko‘rsatishning maksimal yoshi — 50 yosh, zobitlar tarkibida — 55 yosh, generallik tarkibida — 60 yosh, deb o‘rnatildi

TOShKENT, 1 dek — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida yangi qarorni imzoladi.

Abdusalom Azizov – O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV vaziri o‘zgardi: Abdusalom Azizov o‘rnini sobiq prokuror egalladi
Hujjatda Ichki ishlar vazirligining kadrlarni yollash va joylashtirish, ularning zaxirasini shakllantirish, ichki ishlar organlari xodimlarining xizmatlarini tashkil qilish sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topildi.

Ichki ishlar vazirligi va uning bo‘linmalariga amaldagi kuchlar va vositalar o‘rtasida samarali boshqaruv tizimi hamda ularning o‘zaro harakatini yaratish, jinoyatlar oldini olishning tezkorligini ta’minlash, shuningdek jinoyatlar to‘g‘risidagi xabarlarni o‘z vaqt qayd etish hamda ularga javob qaytarish bo‘yicha vazifalar qo‘yildi.

Ish tajribasi davomiyligini, yosh xodimlarni xizmatga moslashuvi samaradorligini, kasbiy rivojlanish jarayonini tezlashtirishni va belgilangan tezkor-xizmat vazifalarni mustaqil ravishda bajarish qobiliyatini rivojlantirishni ta’minlaydigan samarali ustozlik tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

Endilikda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosarlari va Ichki ishlar vazirligi bosh boshqarmalari boshliqlari har chorakda joylarga chiqish orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlarning ichki ishlar boshqarmalari sohaviy xizmatlari rahbarlari, shuningdek, mahalliy boshqaruv organlari rahbarlari tomonidan qabul qilingan boshqaruv qarorlari va erishilgan natijalar bo‘yicha hisobotlarini tinglaydi.

Akademiya MVD - Sputnik O‘zbekiston
Kelasi yildan IIV Akademiyasiga talabalar imtihonsiz qabul qilinadi
Har yarim yillik natijalar asosida ular Ichki ishlar vazirligining kollegiyasida xizmat va ijro intizomini oshirish, xizmatni tashkil etish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha shaxsan hisobot taqdim etadi, shuningdek, tashabbussiz va mas’uliyatsiz rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash, ijobiy natijalarni tarqatish va ulardan foydalanish bo‘yicha choralar qabul qilishni nazarda tutadi.

Hujjatga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligining oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga qabul qilingan fuqarolar bilan ichki ishlar organlarida, shuningdek taqsimlash bo‘yicha yo‘llanma berilgan taqdirda, boshqa davlat organlarida majburiy ravishda doimiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ta’lim olish yakunlanganidan so‘ng besh yil davomida shartnoma tuziladi. Ichki ishlar organlarining yuqori rahbariyat tarkibining lavozimi, asosan, Ichki ishlar vazirligining rahbar kadrlarni tayyorlash bo‘yicha fakultetini (yuqori kurslarni) bitirgan xodimlar hisobidan shakllantiriladi.

Ichki ishlar organlari rahbariyat tarkibining rotatsiyasi, odatda, egallab turgan lavozimida uch yil xizmat qilganidan so‘ng munosib lavozimga o‘tkazish bilan amalga oshiriladi. Umumiy va serjantlar tarkibi, shuningdek ayollar uchun (maxsus unvondan qat’i nazar) xizmat ko‘rsatishning maksimal yoshi — 50 yosh, zobitlar tarkibida — 55 yosh, generallik tarkibida — 60 yosh.

Qarorga muvofiq, ichki ishlar organlaridagi ustozlar eng tajribali, mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil xizmat qilgan, yuqori professional sifatlarga, ijobiy xizmat ko‘rsatkichlari va tarbiyaviy ishlar ko‘nikmalariga ega xodimlar orasidan tanlanadi.

Sotrudnik militsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Otliq militsiya tashkil etilayotgan bir paytda otsiz qolgan "militsiya"

Ularga zobitlik tarkibining bir nafardan ortiq bo‘lmagan, serjantlik tarkibininng uch xodimiga qadar va umumiy tarkibdagi besh nafargacha xodim biriktiriladi. Xizmatga ilk marta qabul qilingan, yoki IIV oliy o‘quv yurtlarini qatnab o‘qish shaklida tamomlagan bitiruvchilari biriktirilgan ustozlarga lavozim ish haqining 20 foizi miqdorida oylik ustamalar to‘lanadi.

2018 yilning 1-yanvaridan shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq xizmat intozimini qo‘pol ravishda buzgan, xizmat majburiyatiga mas’uliyatsiz yondashadigan yoki ishda past samaraga ega bo‘lgan xodimlarga nisbatan lavozim ish haqining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorida jarima ko‘rinishida intizomiy jazo qo‘llanilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0