04:47 19 Yanvar 2018
Efir
Sledstvennыy izolyator

Sudlanuvchi Yoshlar Ittifoqi kafilligida qamoq jazosidan ozod qilindi

© Sputnik/ Aleksey Kudenko
Yangiliklar
Havola olish
473 0 0

Kuni kecha, Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 25 yilligiga bagʻishlangan tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilda 63 nafar shaxs qamoq jazosidan ozod qilinganini aytib oʻtdi. 6-dekabr kuni fargʻonalik 23 yashar yigit Yoshlar Ittifoqi kafilligida qamoqdan ozod qilindi

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyati kengashi kafilligi ostida 1993 yil Fargʻona shahrida tugʻilgan Tolib Gʻaniyev sud zalidan ozod qilindi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshloq tumani sudi tomonidan 6 dekabr kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyat sudi binosida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida Tolib Gʻaniyevning jinoyat ishi koʻrib chiqildi.

Endigina 24 yoshni qarshi olgan bu yigit ilgari ham Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan sudlanib, insonparvarlik tamoyillari asosida qilmishi kechirilgan edi. Afsus, u bundan toʻgʻri xulosa chiqarmadi. Yana jinoyatga qoʻl urdi.

2017 yil 2 avgust kuni, soat 20:00 larda B.Xolmurodov, B. Vallomov, T.Rahmonov, Rossiya Federatsiyasi fuqarosi A.Veliyev va A.Maripovlar Oltiariq tumanidagi Poloson mahallasida joylashgan "Afsona" savdo doʻkoni oldida, pul oldi-berdisi yuzasidan kelishmovchiliklarni hal qilish maqsadida ogʻzaki janjallashib ketishadi. Ushbu janjalni koʻrgan fuqaro D.Madaminov va uning farzandi S.Madaminov janjalga aralashgan. Janjal jarayonida S.Madaminov fuqaro T.Rahmonovning yuz qismiga urib yuborgan. Shundan soʻng, shu yerga oʻz ishi bilan kelgan sudlanuvchi Tolibjon Gʻaniyev ham A.Maripovni tepib, unga tan jarohati yetkazgan. Shu sababli oʻzaro janjal yuzaga kelib, janjalga S.Madaminovning ukasi X.Turdimatov ham qoʻshilgan. Shu jarayonda T.Gʻaniyev oʻzining yonida boʻlgan pichoq bilan S.Madaminov va X.Turdimatov tanasining turli joylariga shikast yetkazgan. Ular olgan tan jarohati sababli Oltiariq tumani markaziy shifoxonasiga keltirilgan.

Sud muhokamasi davomida aniqlangan, tekshirilgan va atroflicha baholangan dalillarga asoslanib, Tolibjon Gʻaniyev Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli, deb topildi.

Sud jarayonida jamoat himoyachisi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi A.Akbarov tomonidan sudlanuvchi T.Gʻaniyevga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlash, kelgusida ushbu fuqaroni kafillikka olish taklifi bildirildi va bu haqda kafolat xati taqdim qilindi.

Sud Gʻaniyev Tolibjon Tohir oʻgʻliga nisbatan jazo tayinlashda, uning yoshini, jamoat himoyachisi tomonidan bildirilgan fikr va kafolat xatini, jabrlanuvchilarning daʼvosi yoʻqligi va sudlanuvchi T.Gʻaniyevga nisbatan yengillik berish haqidagi talabini inobatga olib, T.Gʻaniyevga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan toʻrt yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlab, uni sud zalida darhol qamoqdan ozod qilish toʻgʻrisida hukm oʻqidi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi endilikda Tolib Gʻaniyevni ishga joylashtirish, uning xulqini nazoratga olish tadbirlarini koʻrmoqda.

Masʼudjon Sulaymonov.

Asosiy mavzular