04:56 19 Yanvar 2018
Efir
Prokuratura, arxiv surat.

Prokuratura 3 opa-singil oʻlimi boʻyicha ekspertiza natijalarini eʼlon qildi

© Nuz.uz
Yangiliklar
Havola olish
145402

Uch opa-singil oʻlimi kimning aybi bilan yuzaga kelgani hali aniqlanmagan. Prokuratura xodimining aytishicha, bu tergov jarayonida aniqlanadi

TOSHKENT, 11 dek — Sputnik. Toshkent shahar prokuraturasi boshqarmasi boshligʻi Bobir Dehqonov toʻsatdan vafot etgan 3 opa-singil oʻlimi boʻyicha sud-tibbiy ekspertizasi natijalarini eʼlon qildi, deb xabar berdi UzNews.

Shanba kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi brifingda shahar prokuraturasi vakili eʼlon qilgan STE natijasiga koʻra, qizlar gipotenziv dori vositasini (arterial qon bosimini tushiradigan) qabul qilishganidan keyin vafot etishganini tasdiqladi. Dori vositasini davomli qabul qilish natijasida, qizlarda kardiogen shok holati yuzaga kelgan.

"Bobir Dehqonovning taʼkidlashicha, tergov davomida bu dorixona xodimining xatosi boʻlganmi yoki davolovchi shifokorning xato tashxisi boʻlganmi aniqlanadi", — deb yezadi nashr.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, bir oilaning 7, 6 va 4 yashar qizlari 8 noyabr kuni Toshkentda vafot etishgan edi. Ularning eng kichigi shifoxonaga olib ketilayotganda tez yordam mashinasida olamdan oʻtgan. Qolgan ikki nafari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy- tadqiqot institutiga yetkazilgan.

Asosiy mavzular