06:32 19 Yanvar 2018
Efir
Podpisaniye dokumentov

MXXni ulkan islohotlar kutmoqda

© Sputnik/Viktor Tolochko
Yangiliklar
Havola olish
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)
442662

Mirziyoyev "Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida"gi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etdi

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kelayotgan yilda Oʻzbekiston Milliy Xavfsizlik xizmati toʻliq isloh qilinishini maʼlum qildi. Prezident bu haqda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga Murojaatnomasida aytib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

"Milliy xavfsizlik xizmati idoralari bugungi kungacha 26 yil avval hukumat tasdiqlagan Nizom asosida faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Bu Nizomga chorak asr davomida tegilmaganligi va har qanday oddiy masala ham milliy xavfsizlikka tahdid deb baholab kelinganligi ushbu idora vakolatlarining asossiz kengayib ketishiga sabab boʻlgan. ", — dedi Mirziyoyev.

Oʻzbekiston prezidentiga koʻra, dunyoning baʼzi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, oʻz navbatida, terrorizm va ekstremizm tarqalishiga hamda bu illatlar global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda.

"Bunday vaziyatda milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Aynan shu nuqtai nazardan va globallashuv davrining barcha tahdidlarini inobatga olgan holda Milliy xavfsizlik xizmati idoralari faoliyatini ham isloh qilish vaqti keldi", — qoʻshimcha qildi prezident.

Mirziyoyev shu munosabat bilan "Huquqni muhofaza qiluvchi organlar toʻgʻrisida"gi va "Milliy xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida"gi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilishni taklif etdi.

Mavzu:
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)

Asosiy mavzular