04:51 18 Yanvar 2018
Efir
Opustevshaya stroyka: kak vыglyadit mesto obrusheniya v Astane

Yigirma besh yil ichida industriyamiz yoʻq boʻlib ketdi - Mirziyoyev

Yangiliklar
Havola olish
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)
147320

Nega koʻpqavatli uylar qurilmayapti, degan savolga toʻxtalar ekan, Mirziyoyev bu uchun industriya yoʻqligini ochiq aytdi

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolariga Murojaatnomasida kelgusi yilda qurilish sohasini isloh qilish va jadal rivojlantirish asosiy vazifalardan biri boʻlishini qayd etdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Oʻzbekiston rahbari yigʻilish davomida 2017 yilda arzon uy-joylar 2007 yildagiga nisbatan 20 barobarga, 2010 yildagiga nisbatan 3,5 barobarga, 2016 yildagiga nisbatan 2 barobar koʻp qurilganini taʼkidlab oʻtdi.

Mirziyoyev bu uylar Toshkentdagi boyvachchalarning nabiralari uchun emas, oddiy xalq uchun qurilganiga alohida urgʻu berdi.

Nega koʻpqavatli uylar qurilmayapti, degan savolga toʻxtalar ekan, Mirziyoyev bu uchun industriya yoʻqligini ochiq aytdi.

"Industriyamiz yoʻq, 25 yil ichida yoʻq boʻlib ketgan hammasi, yoʻq qilinganlar oʻrniga yangisi yaratilmadi", — deb qoʻshimcha qildi.

Prezident shuningdek, qurilish sohasini 2030 yilgacha innovatsion rivojlantirish dasturi ishlab chiqilishini maʼlum qildi.

"Biz qurilish-pudrat tashkilotlari va quruvchilarning zamonaviy avlodini yaratish ustida jiddiy bosh qotirishimiz zarur", dedi Mirziyoyev.

Mavzu:
Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi (21)

Asosiy mavzular