04:35 18 Yanvar 2018
Efir
Chinovnik vыxodit iz kabineta

Moliya va soliq organlari rahbarlariga javobgarlik choralari koʻrish mexanizmi kuchga kirdi

Sputnik / Dmitriy Astaxov
Yangiliklar
Havola olish
87420

Oʻzbekiston prezidenti Farmoniga koʻra, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari rahbarlariga javobgarlik va ragʻbatlantirish choralari koʻriladi

TOSHKENT, 2 yanv — Sputnik. Moliya va soliq xizmati organlari rahbarlariga javobgarlik va ragʻbatlantirish choralari koʻrish mexanizmi kuchga kirdi

Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 13 dekabrdagi "Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning toʻliqligini taʼminlash boʻyicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi farmonida belgilab qoʻyilgan.

Farmonga koʻra, 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari rahbarlariga javobgarlik va ragʻbatlantirish choralari koʻriladi. Endilikda bu organlar rahbarlari mahalliy byudjet daromadlarining tasdiqlangan prognozi ijro etilgani uchun 10 foiz, byudjetga toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligi qisqartirilgani uchun 20 foiz va mahalliy byudjet daromadlarini oshirish rezervlarini aniqlash boʻyicha hisob-kitob koʻrsatkichlari bajarilgani uchun 20 foiz miqdorida mukofotlanadi.

Aksincha, yuqorida koʻrsatilgan mezonlarning ijrosi taʼminlanmagani uchun ularning lavozim maoshlaridan 30 foiz miqdorida jarima sanktsiyalarini qoʻllash tizimi joriy etiladi.

Moliya va soliq organlari rahbarlarini mukofotlash yoki javobgarlik choralarini qoʻllash moliya vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, tumanlar (shaharlar) hokimlarining tavsiyalariga koʻra amalga oshiriladi.

Asosiy mavzular